Immunitet. Fagotsitoz bilan bir qatorda organizm boshqa himoya vositalariga ega. Bunday vositalardan bin leykotsitlarning bir xili ishlab chiqaradigan oqsil tabiatiga ega moddalar - antitelo, antitoksinlardir. Antitelo organizmga kirib qolgan begona tanachalar (antigen) ni eritib yuboradi. Antitoksinlar esa mikroblar ajratadigan zaharli moddalami parchalab neytrallaydi. Organizmning kasallik tug‘diruvchi mikroblar hamda begona moddalardan himoyalanish xususiyati immunitet deyiladi.Immunitet xillari. Chaqaloq tug‘ilishigacha uning qonida ko‘pchilik kasal- liklarga qarshi tayyor antitelolar hosil bo'ladi. Bu xildagi immunitet ota-onadan bolaga berilganidan tug‘та immunitet deyiladi Ko‘kyo‘tal, qizamiq, suvchechak, tepki kabi yuqumli kasalliklardan keyin ham immunitet paydo bo'ladi. Infeksiyali kasalliklardan so‘ng paydo bo‘lgan bunday immunitet hosil qilingan immunitet deyiladi. Tug'ma va hosil qilingan immunitet tabiiy immunitet deyiladi. Ko'pincha poliomiyelit, qizamiq, tepki kasalliklaridan himoya qilish uchun odamlar emlanadi. Emlashda organizmga o‘ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar yuboriladi. 3. 70 kg li sog’lom odamda buyrak tana vaznining necha foizini tashkil qiladi? Har bir buyrakning vazni o`rtacha 150 gr keladi.
10-bilet Tibbiyot fanlarining rivojlanish tarixi
. Odamlar qadim zamonlardan bosh- lab har xil kasalliklardan davolanish uchun o‘z tanasi tuzilishini bilishga qiziqib kelgan. Lekin uzoq vaqt davomida odam tanasini yorib ko‘rish qat’iyan man etib kelinganligi tufayli kasalJiklarning kelib chiqishi g‘ayritabiiy kuchlarga bog‘lab tushuntirilgan. Shifokorlar esa odam organizmi tuzilishini bilmasliklari tufayli bemorlarga yetarli yordam ko‘rsata olmaganlar. Odam organizmi ichki tuzilishini murdani yorib ko'rish orqali o‘rganish dastlab Yunomstonda va Rimda boshlanganBuning natijasida organizm tuzilishining yunon va lotin tilidagi nomlari paydo bo‘lgan va organizm tuzilishini o‘rganadigan anatomiya fcmi rivojlana boshlagan. Gippokrat (mil. aw. taxminan 460-370-yy.). Qadimgi yunon shifokori. Odamning to‘rt xil mizoji va odatn tanasi tuzilishi, orga- nizmning bir butunligi to‘g‘risidagi jahonga mashhur g‘oyalarni ishlab chiqqan. U bemorga va uni davolashga xususiy yondashuv g‘oyasini taklif qilgan. Uning asarlari klinik tibbiyotga asos soldi. Aristotel (mil. aw. 384-322-yy.). Qadimgi yunon faylasufi va shifokori. Fanga aorta tushunchasini kiritgan. Tabiatning asosiy pog‘onalari - anorganik dunyo, o‘simlik, hayvon, odam to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan hamda odam - ijtimoiy jonzot, o‘z aql va idroki bilan hayvonlardan farq qilishi to‘g‘risidagi fikrni ilgari surgan. Galen (mil. aw. taxminan 200 129-yy.). Qadimgi Rim shifokori. «Odam tanasi qismlari» asarida odam organizmim tasvirlab bergan. Anatomiya va fiziologiya diagnostikasi davolash va profilaktika- ning asosi ekanligini ko'rsatib bergan. Tibbiyotga hayvonlar ustida tajribalarni kiritgan Uning asarlaridan 14 asr davomida foydalanib kelingan. Leonardo da Vinchi (1452-1519). Uyg‘onish davri atoqli rassomi va matematigi. Buyuk anatom va fiziolog. Odam tanasi tuzilishining butun dunyoga mashhur bilimdoni. Ilk bor rasmlar orqali odam organizmining realistik tasvirini yaratib bergan. Uning anatomiyaga oid rasmlari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Andreas Vezaliy (1514-1564). Italiyalik shifokor, anatomiya fanining asoschilaridan biri. U odam organizmi tuzilishini yorib ko‘rish orqali o‘rganishni birinchilardan bo‘lib boshlagan. «Odam tanasining tuzilishi to‘g‘risida» asarida barcha organlarni rasmlar orqali tasvirlab, bu borada boshqalax yo‘l qo'ygan kamchiliklarni tahlil qilgan. Sechenov Ivan Mixaylovich (1829-1905). Rus tabiatshunosi, rus fiziologiya maktabining asoschisi, psixologiyada tabiiy ilmiy yo‘nalishga asos solgan. «Bosh miya reflekslari», «Nerv sistemasi fiziologiyasi» asarlarining muallifi. Bosh miyaning reflektorlik xususiyatini kashf etgan. IP. Pavlov uni, «Rus fiziologiyasining otasi» deb ataganMechnikov Ilya Ilich (1845—1916). Biologjyaning bir qancha yo‘nalishlari, jumladan, mikrobiologiya va immunologiya sohalariga asos solgan atoqli rus olimi. Orgamzmning kasalliklarga chidamliligi xususiyatlarini ochib bergan. U immunitetning fagotsitar nazariyasini yaratgan. Gerontologiya (odamning umrini uzaytirish)ga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Pavlov Ivan Petrovich (1849-1936). Fiziologiya sohasida dunyo- ga mashhur atoqli rus olimi, Nobel mukofoti laureati. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi, qon aylanish, odam va hayvonlarning nerv siste- masiga oid yirik asarlari uni dunyoga tanitgan. I.P. Pavlov shartli reflekslarning tormozlanishi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratgan.