42 HUJAYRA HAQIDAGI TA ’
LIMOT II BO‘LIM Yuqorida ta’kidlaganimizdek, sitoplazmada bir qator organoidlar mav-
jud va ular turli xil vazifalarni bajaradi.
Endoplazmatik to‘r murakkab membranalar tizimidan iborat bo‘lib,
barcha eukariot hujayralarning sitoplazmasini qamrab olgan. Ular,
ayniqsa, mod dalar almashinuvi jadal tarzda borayotgan hujayralarda
rivojlangan bo‘ladi. Endoplazmatik to‘rning hajmi hujayra umumiy
hajminining o‘rta cha 30 dan 50 % gacha qismini egallaydi. U ikki xil:
silliq va donador bo‘ladi.
Silliq endoplazmatik to‘rning asosiy vazifalaridan biri lipidlar va
uglevodlarni sintez qilishdir. Silliq endoplazmatik to‘r ayniqsa, yog‘
bezlari (yog‘lar sintezi)da, jigar hujayralari (glikogen sintezi)da zaxira
moddalar to‘plana digan hujayra (o‘simlik urug‘)larida ko‘p bo‘ladi.
Donador endoplazmatik to‘rning muhim vazifasi oqsil sintezi
va uni ta shish bo‘lib, buni ribosomalar bilan hamkorlikda amalga
oshiradi. Ribosomalar endoplazmatik to‘rning zichlangan membrana
qopchalarining ustki qismida dona-dona bo‘lib joylashgan. Donador deb
atalishi ham shu tuzilma bilan bog‘liq. Shunday qilib, endoplazmatik to‘r hujayraning umumiy ichki aylanma tizi mi bo‘lib, uning kanallari orqali moddalar tashiladi. Kanallarning membranasida ko‘p sonli fermentlar joylashgan, ular hujayraning hayot faoliyatini ta’minlaydi. ribosomalar diametri 15,0—35,0 nm bo‘lgan ikki ya’ni katta va ki-
chik bo‘lakchalardan iborat yassi tanachalardan tashkil topgan. Ribo-
somalarda taxminan teng miqdorda oqsil va nuklein kislotalar mavjud.
13- §. Endoplazmatik to‘r, ribosoma, Golji majmuasi, lizosoma, mitoxondriya, hujayra markazi 1. 2. 3. Hujayra kiritmalarining, hujayra organoidlaridan qanday farqlari bor.
Hujayraning membranali tuzilishini ta’riflang.
Yarim o‘tkazuvchanlik deb nimaga aytiladi.