34 HUJAYRA HAQIDAGI TA ’
LIMOT II BO‘LIM mikroskop lar ning yaratilishi va molekular biologiya usullarining paydo
bo‘lishi hujayra sirlarini yanada chuqurroq o‘rganishga, uning murakkab
tuzilmalarini bilishga, ularda kechadigan turli-tuman biokimyoviy jarayon-
larni aniqlashga imkon yaratdi.
Bugungi kunda hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan
iborat: 1. Barcha tirik organizmlar, ya’ni mikroorganizm, o‘simlik va
hayvonlar tanasi hujayralardan tashkil topgan. 2. Yangi hujayralar faqat
avval mavjud bo‘lgan hujayralarning bo‘linishi tufayli vujudga keladi. 3.
organizmlarning hujayralardan tashkil topishi ularning kelib chiqishi bir
xil ekanligidan darak beradi. 4. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish va
funksional birligi hisoblanadi. 5. Har bir hujayra mustaqil ravishda hayot
kechirish xususiyatiga ega.
Hujayra nazariyasi biologiya fanining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘r sat di.
Bu nazariya tufayli organizmlar bir xil morfologik asosga ega ekanligi isbot-
landi. Hayotiy hodisalarni umumbiologik nuqtayi nazardan tushuntirishga
imkon yaratildi. Hujayra biologiyasini o‘rganishda mam la katimiz olimlar-
ining ham katta hissalari bor. Akademik K.Zuparov, J.Ha midov va ular
shogirdlarining bu bora dagi ishlari diqqatga sazovordir.
Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishini o‘rganishda keng qo‘lla-
niladigan usullarga yorug‘lik va elektron mikroskoplar kiradi.
Yorug‘lik mikroskopining asosiy qismlari obyektiv va okulardan ib-
orat. Mikroskopning eng muhim qismi obyektiv bo‘lib, kuzatilayotgan
predmetni kattalashtirib beradi. okularlar ham linzalar tizimidan iborat
bo‘lib, ular o‘rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda ishti-
rok etadi. Dastlabki mikroskoplar obyekt tasvirini 10—40 martagacha
kattalashti rib bergan. odatda yorug‘lik mikroskoplari tasvirni 10—2000
martagacha kattalashtiradi. Mikroskopning muhim tomoni, kattalash-
tirish emas, balki uning ko‘ rish kuchi yoki ko‘rish xususiyati hisobla-