13 ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI I BO‘LIM A c A t amaki mozaikasi virusi (1- oqsil qobig ‘ i; 2- RNK); B gerpes virusi; V gripp virusi. Viruslar. 3- rasm. B qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. Viruslar faqat hujayralarda yashaydi. Ular
hujayra ichi parazitlaridir. Viruslar hujayradan tashqarida erkin va faol
holatda uchramaydi, ko‘payish xususiyatiga ham ega emas (3- rasm).
Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi nuklein
kislotalar bo‘lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mumkin. Shunga
ko‘ra viruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi.
Viruslarning hujayra bilan o‘zaro ta’siri. Hujayra oralig‘i muhitidagi
suyuqlikdan hosil bo‘lgan pinotsitoz vakuolalar orqali tasodifan hujayra
ichiga virus kirishi mumkin. Ammo odatda hujayraga virusning kirishidan
avval hujayra sirtidagi maxsus oqsil-retseptor bilan bog‘lanish sodir bo‘ladi.
Ushbu bog‘lanish virus yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga oshiriladi.
Ular hujayra sirtidagi sezgir ma’lum retseptorni «tanib olish» xususiyatiga
ega. Virus bilan bog‘langan hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib,
vakuolaga aylanadi. Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan vakuola
qobig‘i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo‘shiladi. Ana shunday yo‘l bilan
virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi mumkin.
Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini keltirib
chiqaradi. Sariq kasalligini qo‘zg‘atuvchi A va B viruslar faqat jigar hu-
jayralariga kirishi mumkin va ularda ko‘paya oladi.
Virus zarrachalarining to‘planishi ularning hujayradan chiqib ke tishiga
olib keladi. Ushbu jarayon ba’zi bir viruslarda «portlash» tarzida ro‘y bera-
di. Natijada hujayra nobud bo‘ladi. Boshqa turdagi viruslar kurtaklanishga
o‘xshash yo‘l
bilan ajraladi. Bunda organizmning hujayralari hayotchanligini
uzoq vaqtgacha saqlab qoladi.