Mavzu: Hayvonot olami. Reja



Yüklə 35,37 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü35,37 Kb.
#35056
  1   2
5-L. Hayvonlarning tuzilishi


Mavzu: Hayvonot olami.
Reja:


  1. Hayvonot olami haqida umumiy tushuncha.

  2. Hayvon to`qima va organlari.

  3. Hayvonlar sistematikasi.

  4. Bir hujayrali hayvonlar.

  5. Ovqat hazm qilish organlari.

  6. Nafas olish organlarini tuzilishi.

  7. Ayirish organlarini tuzilishi.



Tayanch so`z va iboralar: hayvonot olami, to`qima, organ, bir hujayrali, ko`p hujayrali, parazit hayvonlar, amyoba, evgelina, infuzoriya, leshmaniya.
1. Zoologiya - eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan. 16-17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko'rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18- asrda hayvonlarni tur, urug', turkum va sinflarga ajratib o'rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o'rtalarida hayvonlarni o'rganish orqali o'zining olamshumul evolutsion ta'limotini yaratdi. 19-asrda hayvonlarning embrional rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini o'rganish natijasida bir qancha kashfiyotlar qilindi. Hozirgi davrda zoologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar tibbiyot, qishloq xo'jaligi, chorvachihk va xalq xo'jaligining boshqa sohalari bilan bog'liq.

Hayvonlar to'g'risida umumiy ma'lumot. Zoologiyaning rivojlanishiga o'zbekistonlik olimlar ham katta hissa qo'shishgan. D.N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o'rganishni boshlab berdi. L.M. Isayev va P.F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O'rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugatilishi uchun asos bo'ldi. T.Z. Zohidov, O.P. Bogdanov va boshqa olimlar umurtqali hayvonlarni; A.M. Muhammadiyev, V.V. Yaxontov, A.T. Tolaganov, J.A. Azimov, M.A. Sultonov umurtqasiz hayvonlarni o'rganishgan.

Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o'simlik organizmi yashash muhiti bo'ladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan: suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda. oyoqlari eshkakka aylangan. Quruqh.jJa yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo'ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug'lik va

Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko'pchilik hayvonlar yashil o'simliklar bilan oziqlanadi. Ular o'txo'r haxvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlarni yeydigan hayvonlar yirtqich; odam, boshqa hayvon va o'simlik to'qimalarida yashaydigan hayvonlar esa parazii hisoblanadi.

O'txo'r hayvonlar o'simliklar va ularning qoldiqlarir maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o'simlik uchun zarur bo'lgan mineral moddalar to'planadi; tuproq unumdorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi va chiqindilari hamda organik qoldiqlar va mikroorganizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko'p uchraydi. Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.

Uy hayvonlari faqat go'sht va sut beribgina qolmasdan, sanoat uchun nio'yna, ipak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar, kapalaklar o'simliklarni changlatib. ular hosildorligini oshirishga yordam beradi. Hasharotxo'r va yirtqich hayvonlar: qushlar. ko'rsharalaklar, baqalar va boshqalar o'rmon va qishloq xo'jalik zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi.

Hayvonlar orasida odamlar. chorva mollari va o'simliklarga ziyon keltiradigan turlari ham ko'p uchraydi. Qon so'ruvchi hasharotlar va kanalar parazitlik qilish bilan birga, o'lat. terlama, bezgak kasalliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o'zining «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan saqlanish haqida yozib qoldirgan.

Hayvonlarni muhofaza qilish. Odamlar qadimdan yovvoyi hayvonlarni ovlashgan; ularning go'shti, terisi va boshqa mahsulotlaridan foydalanishgan; hayvonlarni qo'lga o'rgatishgan; ulardan uy qo'riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyinchalik aholi sonining ortib borishi. ov qurollarining tobora takomillashuvi hayvonlar uchun zarur bo'lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta'sirida Yevropa turi (qoramollar nasi boshi). tarpan (otlar nasi boshi). Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo'q bo'lib ketdi; Prjevalskiy oti, zubr, bizon. jayron, hongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tug'ildi. Bu hoi hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi.

Respublikamiz hududida soni kamayib borayotgan va qirilib ketayotgan hayvonlarni muhofaza qilish va asrab qolish maqsadida bir qancha qo'riqxonalar, milliy bog'lar va pitomniklar tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobining so'nggi 2003-yilgi nashriga noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarning 184 turi kiritilgan.

Hayvonlarni o'rgamshni yunon olimi Arastu boshlab bergan; golland olimi Anton Levenguk bir hujayrali havvonlarni kashf etgan: sh\cd olimi Karl Linney hayvonlarni sistemaga solib o'rgamshni taklif etgan. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Suv, quruqlik, havo, tuproq hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Hayvonlar oziqlanish usuli. tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatiga binoan o'txo'r, yirtqich. parazit. zararkunanda va foydali hayvonlarga ajratiladi.

Hayvonlarning o'simliklarga o'xshashligi va ulardan farqi. Hayvon organizmi ham o'simliklar singari hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar hujayra membranasi (po'sti), uning ichidagi sitoplazmada joylashgan vakuollar, boshqa organoidlar va yadrodan iborat. Hayvon va o'simlik hujayralarining kimyoviy tarkibi ham o'zaro o'xshash bo'ladi. Shuning bilan birga hayvonlar hujayrasi po'sti yupqa bo'lishi,yashil rang beruvchi xloroplastlar bo'lmasligi bilan o'simliklardan farq qiladi. Hayvonlar fotosintez qilolmaydi; o'simliklar hosil qiladigan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ammo bir hujayrali hayvonlar orasida o'simlik singari fotosintez qilish xususiyatiga ega bo'lgan turlari ham bor.

Ko'pchilik hayvonlarning maxsus harakatlanish organlari bo'ladi. lekin о`troq yashovchi va ko'pchilik parazit hayvonlar harakat qilmaydi. O'simliklar orasida esa xlamidomonada xivchinlar yordamida faol harakatlarnishini bilasiz.




Yüklə 35,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin