Mavzu: Hayvonot olami. Reja



Yüklə 35,37 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü35,37 Kb.
#35056
1   2
5-L. Hayvonlarning tuzilishi

2. To'qimalar va organlar. Ko'p hujayrali hayvonlar organizmi har xil tuzilgan va turli vazifani bajaradigan hujayralardan iborat. Hujayralar yumaloq, kubsimon. duksimon, yulduzsimon, kiprikli va boshqa shaklda bo'lishi mumkun. Bir-biriga o'xshash tuzilgan va bir xil vazifani bajaradigan hujayralar to'qimalarni, to'qimalar organlarni hosil qiladi. Bir hujayrali va tuban ko'p hujayrali hayvonlar organizmida to'qimalar va organlar rivojlanmagan.

Hayvon organizmi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to'qimalaridan tashkil topgan. Epiteliy zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. Epiteliy organizmni noqulay sharoitdan himoya qiladi hamda uning faoliyatini boshqaradigan moddalar ishlab chiqaradi. Teri sirti va ichak devorining ichki yuzasi epiteliy bilan qoplangan.

Biriktiruvchi to'qima alohida hujayralar va organlar oralig'ini to'ldirib turadi. Bu to'qimaning suyuq (qon), tig'iz (suyak, tog'ay) va g'ovak (parenxima) xillari mavjud. Biriktiruvchi to'qima organlarni o'zaro bog'lash (pay), kislorod va oziq moddalarni tashish (qon), zaxira oziq moddalar to'plash (parenxima), tayanch (suyak, tog'ay) vazifasini bajaradi.

Muskul to'qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan muskul tolalardan tashkil topgan. Muskul to'qimasi silliq va ko'ndalang yo'lli muskullarga bo'linadi. Muskullar harakatlanish vazifasini bajaradi.

Nerv to'qimasi yulduzsimon nerv hujayralari va ular orasidagi oraliq moddadan iborat. Bosh miya, orqa miya va ulardan ketadigan nerv tolalari nerv to'qimasi hisoblanadi. Nerv to'qimasi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan ta'sirni qabul qilish, o'tkazish va ularga javob berish vazifasini bajaradi.

Organlar va organlar sistemasi. Organizmda to'qimalar organlarni hosil qiladi. Har bir organ bir necha xil to'qimalardan tashkil topgan bo'lib, o'ziga xos vazifani bajarishga moslashgan bo'ladi. Masalan: ichak biriktiruvchi, nerv, muskul, epiteliy to'qimalaridan tashkil topgan bo lib, ovqat hazm qilish vazifasini bajaradi. Organizmda o'zaro bog'langan va o'xshash vazifani bajaradigan organlar birgalikda organlar sistemasmi hosil qiladi. Masalan: og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon, ichak birgalikda hazm qilish sistemasini hosil qiladi. Hayvonlar organizmida hazm qilish, harakatlanish. ayirish, nafas olish, jinsiy, nerv, sezgi organlari sistemasi mavjud.



Nazorat savollari:

1. Hayvonlar bilan o'simliklar o'rtasida qanday o'xshashlik bor?



2. Hayvon organizmi qanday to'qimalardan iborat?

3. Hayvon organizmida qanday organlar sistemasi mavjud?
Yüklə 35,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin