82
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
tavsif lanadi. Biz ko‘payishning har ikki turiga quyida batafsil to‘xtalib
o‘tamiz.
jinssiz ko‘payish
tirik tabiatda: ham o‘simliklar, ham hayvonlar orasida
keng tarqalgan. Jinssiz ko‘payishda ona organizmidagi bitta yoki bir nechta
somatik hujayralar guruhidan yangi organizm rivojlanadi.
Ko‘pchilik bir hujayrali sodda hayvonlar (amyoba, evglena, infuzoriyalar)
teng ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi (39- rasm)
.
Bir hujayrali suv o‘tlari (xlorella, xlamidomonada), sporalilar bir nechta
bo‘laklarga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, ko‘p bo‘laklarga bo‘linish
shi-
zo goniya
deb ataladi. Bo‘linish yo‘li bilan ko‘payish mitoz uchun misoldir.
Ko‘pchilik bir hujayralilar, tuban zamburug‘lar, suv o‘tlari (xlorella) spora
hosil qilish xususiyatiga ega. Spora ichidagi hujayraning bo‘linishi nati-
jasida ko‘p hujayralar hosil bo‘ladi. Hujayralar
soni birlamchi hujayralar
yadro si ning karrali bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan
yadrolar soni bilan
aniqlanadi.
Bir va ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish
usullaridan biri
kurtaklanishdir
. Misol uchun achitqi zamburug‘lari va gidralar (40- rasm).
Kurtaklanib ko‘payishda, dastlab, ona organizm tarkibida yadrosi bo‘lgan
bo‘rtma hosil bo‘ladi. U o‘sib ona organizm darajasida kattalashadi, so‘ngra
ajralib mustaqil organizm sifatida yashaydi. Ko‘p hujayralilardan chuchuk
suv gidrasida kurtak hujayralar guruhidan iborat bo‘lib,
kurtaklar ona
organizm tanasi hisobiga oziqlanib, tez rivojlanadi. Ularning uchida pay-
paslagichlari va og‘iz teshigi paydo bo‘ladi. Yosh gidralar biroz o‘sgandan
keyin ona organizmdan ajralib mustaqil yashay boshlaydi (41- rasm). Ayrim
ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish tana
sining ikkiga bo‘linishi
Dostları ilə paylaş: