83
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Achitqi zamburug
‘
ining
kurtaklanib ko
‘
payishi.
Kovak ichlilarda kurtaklanish: ona
organizm tanasida mustaqil organizm -
ning hosil bo
‘
lishi.
40- rasm.
41- rasm.
(meduza, halqali chuvalchanglar) yoki
bir nechta bo‘laklarga bo‘linish
(oq planariya, ignatanlilar) yo‘li bilan amalga oshadi. Hosil bo‘lgan har bir
bo‘laklardan yangi rosmana organizmlar rivojla nishi mumkin.
o‘simliklar olamida vegetativ ko‘payish keng tarqalgan bo‘lib,
bunda
ona organizmning ayrim bo‘lagining ko‘payishi hisobiga yangi organizmlar
hosil bo‘ladi (84- betdagi 42- rasm).
Vegetativ ko‘payishga o‘simliklarning qalamchalari, gajaklari,
ildiz
bachkisi, tugunaklari, piyozchalari va ildizpoyalari orqali ko‘payishini
misol qilish mumkin. Kartoshka, batat, shoyigul shakli o‘zgargan yer osti
poyalari ya’ni
tugunaklari orqali; tol, terak, tok, qorag‘at qalamchalari
yordamida, olma, yantoq, olcha, terak kabilar ildiz bachkisi; lola, piyoz,
sarimsoqpiyoz piyozchalari; qulupnay gajaklari, begoniya bargi ildiz tu-
gunaklari; kartoshkagul, iloq, g‘umay, ajriq, binafsha, shirinmiyalar esa
ildizpoyasi orqali ko‘payadi. Misol uchun salomalaykum tugunagi hiso-
biga 1 m
2
joyda 1800 tagacha yangi o‘simlik hosil qiladi.
Ayrim hayvonlar, ko‘p tukli halqali chuvalchanglarda bo‘laklarga bo‘linib
ko‘payishni kuzatish mumkin. Bunda chuvalchang tanasi bir nechta bo‘lak-
ka bo‘linadi va bu bo‘laklardan yangi organizm hosil bo‘ladi. Hayvonlarda
kuza
tiladigan vegetativ ko‘payish asosida
regeneratsiya yoki yo‘qolgan qism-