Tarmoq texnologiyalari



Yüklə 36,94 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.12.2023
ölçüsü36,94 Kb.
#189725
Tarmoq texnologiyalari



1- ma’ruza: ”Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha. 
Reja: 
1. Tarmoq texnologiyalari faniga kirish.
2. Lokal kompyuter tarmog„i vazifalari. 
3. Lokal tarmoqning farq qiluvchi belgilari. 
4. Server va mijoz tushunchalari. 
 
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi 
paydo bo„lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan 
kompyuterlarni bargalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter 
yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari xar bir kompyuterni ma‟lum bir 
vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, 
hamda ko„pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo„ladi.
Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini ko„p turlari taklif qilinmoqda: 
eng oddiyi fayllarni disketalar yordamida kompyuterdan kompyuterga o„tkazishdan tortib, to 
butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog„igacha.
Ko„pincha “mahalliy tarmoqlar” (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini 
aynan, katta bo„lmagan, mahalliy o„lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, 
ya‟ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‟zi mahalliy tarmoqlarning texnik 
ko„rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. 
Misol uchun, ba‟zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o„n kilometr masofadan 
oson aloqani ta‟minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-
biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi o„lchamdir. Boshqa 
bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, 
Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham 
axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni 
xech kim maxalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali 
(RS232, Centronics) kabel yordamida bog„lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal 
yordamida ham kompyuterlarni bog„lash mumkin. Lekin bunday bog„lanish ham mahalliy 
tarmoq deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta‟rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo„lib, ko„p 
bo„lmagan kompyuterlarni bog„lashdir. Xaqiqatdan, mahalliy tarmoq ko„p hollarda ikkitadan to 
bir necha o„nlab kompyuterlarni o„z tarkibiga oladi. Lekin, ba‟zi bir mahalliy tarmoqlarning 
cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo„lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. 
Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki noto„g„ridir.
Ba‟zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko„p kompyuterlarni uzviy bog„lovchi sistema» deb 
tariflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi 
uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy 
tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib bo„lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq 
doirasida xar turdagi elektr kabellari va shuningdek optik tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. 
Axborot uzatishni «vositachisiz» ta‟rifi xam juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy 
tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, marshrutizatorlar va ko„priklardan (mosti) 
foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov 
beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yo„qmi?, unchalik tushunarli emas.
Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb 
qabul qilinishi aniq bo„lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter 
kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bo„lishi kerak bo„lib, alohida 
olingan kompyuter resurslaridan foydalanishdan kam qulay bo„lmasligi lozim. Bu holda qulaylik 
deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bo„lish, ilovalar orasidagi axborot 
almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta‟rifda sekin 
ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham 
mahalliy tarmoq tushunchasiga to„g„ri kelmaydi. Bunday ta‟rifdan kelib chiqadiki, keng 
tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot 


tezligi ham albatta oshishi kerak. Agar yaqin o„tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10 Mbit/s 
yetarli deb hisoblangan bo„lsa, hozirda esa o„rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda 
axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot 
uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o„rnatish esa 
tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini susaytiradi.
Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi – yuqori 
tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bo„lib qolmay, boshqa omillar ham 
muhim ahamiyatga ega.
Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato 
axborot uzatish bema‟nilikdir, chunki uni yana qaytatdan uzatish lozim bo„ladi va shuning uchun 
mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik ko„rsatgichlaridan biri katta yuklamada ishlash 
imkoniyatidir, ya‟ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan). 
Tarmoqda qo„llanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi mexanizm unumli bo„lmasa, u 
holda kompyuterlar axborot uzatish uchun ko„p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat 
kelganidan so„ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga 
baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun ma‟lum vaqt kutishga to„g„ri keladi. 
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi 
uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bo„lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma‟lum 
bo„lishi kerak. Rejalashtirilganidan ko„p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi , yuklamaning 
oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgira olmay 
qolishi tabiiydir. Nihoyatda, tarmoq deb bu so„zning tub ma‟nosi kabi, shunday axborot uzatish 
sistemasini tushunish kerakki, u mahalliy bir-necha o„nlab kompyuterlarni birlashtirgan bo„lishi 
lozim. 
Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini 
shakllantirish mumkin bo„ladi:

axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda o„tkazish imkoniyati mavjud bo„lishi;

uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni 
uzatishda mumkin bo„lgan xatolik extimoli 10-7 – 10-8 darajada bo„lishi;

axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bo„lishi;

tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bo„lishi kerak.
Berilgan ta‟rifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan 
farq qiladi: cheklanmagan abonentga mo„ljallangan va sifatli bo„lmagan kanallardan ham 
foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexanizmi ham nisbatan 
tezlik bo„yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki 
aloqaning mavjudligidir.
Ko„pincha kompyuter tarmoqlarining
 
yana bir turi - shaxar tarmog„i (MAN, Metropolitan 
Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda ular global tarmoqlarga yaqin bo„lib, bazida 
maxalliy tarmoqlarning ba‟zi xususiyatlariga ham ega bo„ladilar. Masalan, yuqori sifatli aloqa 
kanallari va nisbatan yuqori tezlikdagi axborot almashinuvi bilan o„xshashdir. Bu xususiyati 
shahar tarmog„i ham mahalliy tarmoq (MHT afzalliklari bilan) bo„lishi mumkin ekanligini 
ko„rsatadi. 
Haqiqatdan, hozirda mahalliy tarmoq bilan global tarmoqning aniq chegarasini o„tkazish 
mumkin bo„lmay qoldi. Ko„pchilik mahalliy tarmoqlarda global tarmoqqa chiqish imkoniyati 
bor, lekin axborotni uzatish, axborot almashinuvini tashkil qilish prinsipi, odatda global 
tarmoqda qabul qilingandan ancha farq qiladi. Mahalliy tarmoqdan foydalanuvchilar uchun 
global tarmoqqa ulanish imkoniyati faqatgina bir resursgina bo„lib qoladi xolos.
Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan har turdagi raqamli axborot uzatilishi mumkin: 
axborotlar, tasvirlar, telefon so„zlashuvlari, elektron xatlar va h. k. Tasvirlarni uzatish masalasi, 
ayniqsa to„laqon dinamik tasvirlarni uzatish tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi. Odatda lokal 
tarmoqda quyidagi resurslardan; disk maydoninidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish 
imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Lekin bu imkoniyatlar lokal tarmoq vositalarining 


imkoniyatlarini bir qismidir. Masalan, ular xar turdagi kompyuterlararo axborot almashinuvini 
ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti bo„lib faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar 
ham bo„la oladi. Masalan printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma 
kompyuterlarida parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imoniyatini beradi. Bunday sistema 
murakkab matematik masalalarni yechishni ko„p marotaba tezlashtiradi. Shuningdek maxalliy 
tarmoqlar yordamida murakkab texnologik jarayonlarni ham boshqarish mumkin yoki bir 
vaqtning o„zida bir necha kompyuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini 
beradi.
Lekin xotiradan chaqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarning ham ba‟zi 
kamchiliklari bor. Xodimlarni o„qitishga, qo„shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta‟minotiga, 
ulash kabellariga qo„shimcha sarflanadigan mablag„dan tashqari tarmoqni rivojlantirish, 
resurslariga ega bo„lishni boshqarish, bo„lishi mumkin bo„lgan nosozliklarni tuzatish va 
tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya‟ni tarmoqning boshqaruvchisi (administrator) bo„lishi 
kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan ko„chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar 
o„tkazish lozim bo„ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga 
egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda himoya masalalariga katta e‟tibor 
berilishi lozim. 
Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bo„lgan server va 
mijoz tushunchalarini ham ko„rish darkordir.
Server – tarmoq abonenti bo„lib, u o„z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga 
berib, lekin o„zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya‟ni faqat tarmoqqa ishlaydi. 
Tarmoqda server bir nechta bo„lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo„lishi shart 
emas. Ajratilgan server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan 
server tarmoqqa xizmat ko„rsatishdan tashqari boshqa masalalarni xam xal qilishi mumkin.
Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o„z resurslarini ajratmaydigan 
tarmoq abonentiga aytiladi, ya‟ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham ko„pincha 
ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter bir vaqtning o„zida ham mijoz va shuningdek 
server bo„lishi mumkin. Ko„pincha server va mijozni kompyuterni o„zi deb tushunilmaydi, bu 
kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu xolda tarmoqqa o„z resurslarini 
berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir.
Takrorlash uchun savollar 
1. Mahalliy tarmoq deganda nimani tushunasiz? 
2. Mahalliy tarmoq qancha kompyuter va masofalarda bog‟lash mumkin? 
3. Mahalliy tarmoqni boshqa kompyuter tarmoqlaridan farqi nimada
?
4. Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan qanday turdagi raqamli axborot uzatilishi mumkin? 

Yüklə 36,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin