Yonilg‘ilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada ko‘tarish
maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, ya’ni ikkilamchi jarayonlar qo‘llaniladi. Ular orasida
uglevodorodlarni parchalash - kreking jarayoni keng tarqalgan. Krekinglash jarayoni asosan, ikki
xil usulda: termik kreking – uglevodorodlarning yuqori haroratda parchalanishi va katalitik
kreking-katalizatorlar yordamida parchalash bilan amalga oshiriladi.
Neftni to‘g‘ri haydashda va krekingda hosil bo‘lgan kerosinli va boshqa fraksiyalarni
650-700°S va undan yuqori haroratda qayta ishlash piroliz (grekcha "piros" - olov, "lizis" -
parchalanish) deyiladi. Piroliz jarayoni atmosfera bosimida o‘tadi. Piroliz natijasida piroliz gazi,
shuningdek xushbo‘y (aromatik) uglevodorodlar (benzol, toluol va boshqalar) va smola qoldig‘i
olinadi. Hozirgi vaqtda piroliz gazsimon to‘yinmagan uglevodorodlarni, birinchi navbatda -
polimerlar uchun boshlang‘ich ashyo bo‘lgan etilenni, shuningdek, propilen va atsetilenni olish
usuli hisoblanadi.
III
IV
V
VI
I
II
1
2
5
6
2
3
3
3
4
4
4
5-rasm. Neftni atmosfera bosimida haydash qurilmasi texnologik sxemasi.
1-bug‘lanuvchi tizma; 2-sovutgich-kondensator; 3-issiqlik almashtirgich; 4-sovutgich; 5-
pech; 6-atmosfera tizmasi. I-neft; II-yengil benzin fraksiyasi; III-og‘ir benzin fraksiyasi; IV-
kerosin fraksiyasi; V-dizel fraksiyasi; VI-mazut.
Odatda neft qazib olingandan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishlanmaydi; dastlab u
ma’lum tayyorgarlikdan o‘tadi: suvsizlantiriladi va tuzsizlantiriladi. Neft suv va tuzdan
tozalangandan so‘ng turg‘unlashtiriladi, ya’ni yengil propan-butan, qisman esa pentan fraksiyasi
haydash usuli bilan olinadi. Neftni haydab qayta ishlash boshlang‘ich (birinchi) bosqich
hisoblanadi. Qayta ishlashning ikkinchi bosqichiga (kreking, riforming, gidroforming va boshqa
jarayonlar kiradi), bunda og‘ir uglevodorodlar yengilroq uglevodorodlarga parchalanadi, olingan
neft mahsulotlari tozalanadi, so‘ngra ularning ekspluatatsion sifati yaxshilanadi, ya’ni ularga
turli xildagi qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Parafin turkumiga asosan suyuqlanish harorati 50-70
0
S bo‘lgan
40
19
H
C
dan
72
35
H
C
gacha bo‘lgan to‘yingan uglevodorodlar kiradi. Mayda kristall tuzilishga ega bo‘lgan to‘yingan
qattiq yuqori uglevodorodlarning
76
37
H
C
-
108
53
H
C
tarkibli aralashmasi serezin deyiladi.
Kimyo sanoatida parafinlar karbon kislota, sirt yoyuvchi vositalar hamda sirt-faol moddalarni
olishda ishlatiladi. Undan tashqari neftni qayta ishlashda bitum va neft koksi (eng og‘ir
fraksiyalaridan biri) qorakuyu (rezina sanoati uchun), muhim erutuvchilar-benzol va toluol
olinadi. Shu bilan birga neft mahsulotlaridan kimyo sanoatida turli xildagi moddalar olinmoqda.
Dostları ilə paylaş: