Qatlam sharoitidagi neftning hajmiy koeffitsiyenti
(b)
qatlam sharoitida qanday hajmni 1
m
3
gazsizlantirilgan neft egallashini ko‘rsatadi
va har doim koeffitsiyent
b
1 bo‘ladi. Ba’zi bir
neftlar uchun
b
3 bo‘ladi, masalan, Mamau koni (AQSH) nefti uchun
b
= 3,5.
Hajmiy koeffitsiyent
b
dan foydalanib neft cho‘kishini, ya’ni qatlam nefti hajmining yer
sirtiga chiqazilgandan so‘ng kamayishini foizlarda aniqlash mumkin. U holda neftning cho‘kishi
quyidagicha hisoblanadi:
100
1
b
b
U
Ba’zi hollarda neft cho‘kishi U yer sirtidagi neft hajmiga nisbatan quyidagi ifoda orqali
hisoblanadi:
U = (b - 1)·100%
(5.5)
Neft cho‘kishi 30-40% ni tashkil etadi, ayrim neftlar uchun 50% gacha yetadi. Neft
hajmiy koeffitsiyenti eksperimental usullarda aniqlanadi.
Neft barcha suyuqliklar kabi elastiklik xususiyatiga ega bo‘lib tashqi bosim ta’sirida
o‘zining hajmini o‘zgartiradi. Suyuqliklarning elastikligi ularning siqiluvchanlik (yoki hajmiy
elastiklik) koeffitsiyenti bilan o‘lchanadi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
p
V
V
1
0
(5.6)
bu yerda:
ΔV
– neft hajmi o‘zgarishi;
V
– neftning boshlang‘ich hajmi;
Δr
– bosim o‘zgarishi.
Siqiluvchanlik koefitsiyenti bosimning bir birlikga o‘zgarganida
birlik neft hajmining
nisbiy o‘zgarishini tavsiflaydi.
Siqiluvchanlik koeffitsiyenti qatlam nefti tarkibi, harorat va mutlaq bosim kabi omillarga
bog‘liq. Tarkibida erigan gazlar bo‘lmagan neft past siqiluvchanlik koeffitsiyentiga
= 4·10
-
10
÷ 7·10
-10
m
3
/N, ko‘p miqdorda erigan gazlar bo‘lgan yengil neftlar esa undan yuqori
siqiluvchanlik koeffitsiyentlariga ega bo‘ladi.
Neftning asosiy xossalaridan biri uglevodorod gazlarni o‘zida eritishi hisoblanadi. 1m
3
neftda 400 m
3
gacha yonuvchi gazlar erishi mumkin. Tabiiy gazning neftda eruvchanligi suvda
eruvchanligidan taxminan 10 barobar ko‘p. Tabiiy uglevodorod gazlar o‘zining tarkibidagi
metan va uning gomologlari bo‘yicha quruq va moyli gazlarga bo‘linadi.
Quruq gaz tarkibida
98,8% dan ko‘p metan, moyli gazda esa 50% gacha metan, propan, butan va yuqori
uglevodorodlar bor. Moyli gaz quruq gazga nisbatan neftda yaxshi erish xususiyatiga ega.
Masalan, 1kg distillangan suvda 20
0
S da 0,36 g pentan, 0,014
g normal oktan, 0,08 g
siklogeksan, 1,865 g benzol eriydi. Metan qatoridagi qo‘yi uglevodorodlarning eruvchanligi
aromatik uglevodorodlarning eruvchanligidan ancha past. Molekulyar massasining ortishi bilan
uglevodorodlarning suvda eruvchanligi kamayadi. Yuqori molekulyar uglevodorodlar normal
sharoitlarda suvda umuman erimaydi.
Neft suvda erimaydi, lekin suv bilan birgalikda harakati
davomida «suvda-neft» va «neftda-suv» ko‘rinishlarida emulsiyalar hosil qiladi.
Neft xossalaridan biri uning qovushqoqligidir. Neftni qazib olishda va transport qilishda
uning qovushqoqlik xossasi katta ahamiyatga ega. Neftning dinamik va kinematik qovushqoqligi
farq qilinadi. Kinematik qovushqoqlik deb dinamik qovushqoqlikning muhit zichligiga nisbatiga
aytiladi. SI sistemasida kinematik qovushqoqlik birligi – m
2
/s. Suyuqlikdagi ayrim
zarrachalarning umumiy oqim harakatiga ichki qarshiligi (ishqalanishi)
dinamik qovushqoqlik
deyiladi. Dinamik qovushqoqlik birligi SI sistemasida - Pa.s. Yengil neftlarning qovushqoqligi
og‘ir neftlarning qovushqoqligidan kichik. Shu sababli og‘ir neftlarni qazib olishda va quvurlar
orqali transport qilishda ularni isitish kerak bo‘ladi. Og‘ir neft 80-100
0
S gacha isitilganda uning
qovushqoqligi yengil neftlar qovushqoqligiga yaqinlashadi.
Tabiiy gazlarning dinamik
qovushqoqligi juda kichik, haroratning oshishi bilan u ortib boradi, bu esa gaz molekulalarining
harakat tezligining oshishi va molekulalarning o‘zaro to‘qnashuvlari sonining ko‘payishi bilan
tushintiriladi. Bir xil haroratda bosimning oshishi ham gaz qovushqoqligini oshiradi.
Bu holda
molekulalar orasidagi masofa kamayadi, o‘zaro tuqnashuvlar soni ortadi.
Qovushqoqlik suyuqlik harakatlanganda uning zarrachalarining bir-biriga qarshilik
ko‘rsatishidir. Quvurdagi suyuqlikning lominar harakatida zarrachalar o‘lchami qalinligida
alohida suyuqlik qatlamlarining tezliklari bir xil emas, ya’ni suyuqlik
qatlami quvur devorida
minimal tezlikda o‘rtasida esa maksimal qiymatlarda harakatlanadi. Suyuqlikning (shuningdek
neftning) harakati aloxida qatlamlar shaklida sodir bo‘lib, har xil tezliklarda harakatlanadi.
Ustma ust yoki yondosh joylashgan va bir biriga taqalgan suyuqlikning ikkita qatlami harakati
davomida ularning tezliklari har xilligi tufayli nisbiy harakat yuzaga keladi va natijada ichki
ishqalanish kuchi paydo bo‘ladi. Bu ishqalanish kuchining paydo bo‘lishiga asosiy sabab
suyuqlikning qovushqoqligi hisoblanadi.
Suyuqlik bir qatlamini ikkinchisiga nisbatan siljitish zarur bo‘lgan R kuch siljiyotgan ikki
qatlam tutash yuzalariga to‘g‘ri proporsional qatlamlar oralig‘idagi
masofaga esa teskari
proporsionaldir:
Dostları ilə paylaş: