Neft tarkibidagi og‘ir uglevodorodlarning miqdori, zichligi va qovushqoqlik xususiyatlari
bilan bir qatorda reologik (“reologiya” –grekcha «reos»- oqim, «logos» -o‘rganish)
xususiyatlarga ham ega. Reologiya qovushqoq yoki plastik
moddalarning oqish davrida
bo‘ladigan qaytmas deformatsiyasini o‘rganadi. Reologiya xossalariga ega bo‘lgan suyuqliklarni
nonyuton suyuqliklari deb ham yuritiladi. Nonyuton suyuqliklarining qovushqoqligi harorat,
bosim va o‘rinma kuchga bog‘liq bo‘lib, tezlik gradientiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Neftning
yer osti sharoitida g‘ovaklik muhitida sizilishi Nonyuton qonuniga muvofiq ravishda chiziqli
o‘zgaradi. Nonyuton qonuniga asosan bir suyuqlikning boshqa bir suyuqlikka nisbatan siljishida
harakat tezligi gradiyenti o‘rinma kuchlanishning siljishiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bunda
sizilish tezligi (υ) bosim gradiyenti (
gradP
) ga bog‘liq bo‘lib, suyuqliklar harakat tezligi chiziqli
ko‘rinishda koordinata boshidan o‘tadi (4.2-rasm, 1-chiziq). Bu qonuniyatga bo‘ysingan barcha
suyuqliklar nonyuton suyuqliklar deyiladi.
Nonyuton suyuqliklari uchun asosiy parametrlardan biri suyuqlik
oqimini tavsiflovchi
dinamik qovushqoqlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Uning siljish kuchlanishiga bog‘liq ravishda
o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:
dy
d
(5.10)
bu yerda:
- o‘rinma kuchlanish siljishi;
dy
d
- oqim yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan tezlik gradiyenti.
Neft konlarini ishlatish davomida Nonyuton to‘g‘ri chiziqli ishqalanish qonuni buziladi.
Bunday holatlarda sizilish tezligi bosim gradiyenti tezligiga bog‘liqligi grafigi koordinata
boshidan o‘tib, gradiyent o‘qiga botiq holda bo‘ladi (5.2-rasm, 2-chiziq), suyuqliklar esa tuzilma
- mexanik xossalarga ega va nonyuton (qovushqoq -plastik) deyiladi.
5.2-rasm. Nyuton va nonyuton suyuqliklari bosim gradiyentining sizilish tezligiga
bog‘liqligi. 1-dilatant; 2-nonyuton chizig‘i; 3-nonyuton (psevdoplastik).
G‘ovak muhitlarda neft (suyuqlik) sizilishida chegaraviy (boshlang‘ich) bosim gradiyenti
nonyuton suyuqliklar uchun asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Chegaraviy bosim gradiyenti oshishi
bilan g‘ovak tog‘ jinslarida neftning harakati boshlanadi.
G‘ovak muhitlarda nonyuton suyuqliklari sizilishi quyidagi formula orqali ifodalanadi:
G
dr
dp
k
/
(5.11)
bu yerda
: μ
/
- neftning tuzilma qovushqoqligi;
dr
dp
- bosim gradiyenti;
G
– boshlang‘ich bosim gradiyenti.
Neftning tuzilmali qovushqoqligi o‘zgarganda suyuqliklarning
nonyuton xossalari
tuzilma- mexanik xossalarga ega bo‘ladi.
Qatlam sharoitidagi neft katta bosim gradiyentida tuzilmali-mexanik xossalarga ega
bo‘lib, kapillyar kanallarda va g‘ovak muhitlarda harakati davomida uning bu xossalari
o‘zgarmaydi. Bosim gradiyentining oshishi bilan tuzilma buzila boshlaydi va aniq chegaraviy
gradiyent kattaligiga yetib
borganda, tuzilma to‘liq buziladi va suyuqlik (neft) nyuton suyuqligi
kabi harakatlana boshlaydi.
Suyuqliklarning sizilishida, asosan kichik tezliklarda quduq tubidan uzoqlashganda,
nonyuton xossalarning paydo bo‘lishi kuzatilmagan. Qatlam sharoitidagi neftda nonyuton
xossalarning nomayon bo‘lishi, uning tarkibida asfalt-smola-parafin
moddalar miqdorining
oshishi bilan bog‘liq. Masalan, qatlam neftining g‘ovak muhitlarga kirib borishi va uning boshqa
suyuqliklar bilan o‘zaro fizik-kimyoviy ta’siri natijasida, nonyuton xossalar paydo bo‘ladi.
Nonyuton (qovushqoq plastik) suyuqlikli konlarni ishlatish geologik-texnik tadbirlarni,
quduqlarni tadqiqot qilish, neftni tayyorlash va tashish jarayonlaridagi ko‘pgina mushkulotlarga
bog‘liq. Neftning nonyuton xossasi uni qizdirganda va sizilish tezligini oshirganda yo‘qoladi.
Dostları ilə paylaş: