Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
10.3. Hajmiy-rejali yechim 
Umumta’lim muassasasi binosining balandligi 3 qavatdan oshmasligi zarur. 
Shahardagi imoratlar zich qurilgan sharoitlarda ta’lim muassasalarini 4 qavatli 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Umumta’lim muassasalarini avval qurilgan 4-5 qavatli 
binolarda joylashtirilishida to‘rtinchi va beshinchi qavatlarni o‘quvchilar kam 
qatnaydigan o‘quv xonalari uchun ajratish lozim. Har bir sinfning to‘ldirilishi 25 ta 
o‘quvchidan oshmasligi zarur. 
 
Maktablardagi barcha xonalar ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: 
1.
 
O‘quv xonalari: 
- 1-4 sinflar (o‘qitishning I bosqichi) uchun o‘quv xonalari; 
- 5-9 sinflar (o‘qitishning Iiva III bosqichlari)uchun o‘quv va laboratoriya 
xonalari; 
- mehnat va kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish uchun xonalar. 
2. Umummaktab xonalari: 
- majlislar zali va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan zal; 
- ovqat tayyorlanadigan blok; 
- ustaxonalar; 
- ma’muriy-xo‘jalik xonalar; 
- kutubxona va boshqa xonalar. 
Ta’kidlash zarurki, maktab binolarini loyihalashtirishda o‘quv va umummaktab 
xonalari alohida ishlashini ta’minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi, sababi 


166 
umummaktab xonalari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmayotgan vaqtda mikrotuman 
uchun ishlashi mumkin. 
Asosiy o‘quv xonalarining maydonlari bitta o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan m
2
hisobidan qabul qilinishi lozim. 
10.1
-
jadval 
Xonaning nomlanishi 
Bitta o‘quvchiga to‘g‘ri 
keladigan maydon, m
2
Sinf xonalari, o‘quv kabinetlari 
2,5-3,5 
Tabiiy 
fanlar 
bo‘yicha 
laboratoriyalar, 
chizmachilik va rasm kabinetlari 
2,4 
Informatika va hisoblash texnikasi kabineti 
6,0 
Lingafon kabineti 
2,4 
Mehnat ta’limi ustaxonalari 
6,0 
Maktab-internatlardagi yotoqxonalar 
4,0 
Bunda sinflardagi o‘quvchilar soni 25 taga teng bo‘lishi lozim. 
1-4 sinflar uchun o‘quv seksiyalari
boshqa yoshdagi guruh o‘quvchilari uchun 
mo‘ljallangan xonalar va kabinetlardan ajratilgan holda, alohida blok ko‘rinishida 
loyihalashtiriladi. Ushbu blok tarkibiga sinf xonalaridan tashqari mehnat ta’limi 
ustaxonasi, uzaytirilgan kun guruhlari uchun universal xona, rekreatsiya xonasi va 
sanitariya bloki kiritiladi. 
5-9 sinflar uchun o‘quv seksiyalari
o‘quv kabinetlari va laboratoriyalar bazasida 
shakllantiriladi. 
O‘quv xonalari quyidagilardan iborat: ishchi zona (tahsil olayotganlar uchun 
o‘quv stollarining joylashuvi), o‘qituvchining ishchi zonasi, ko‘rgazmali o‘quv 
qo‘llanmalari va o‘qitishning texnik vositalari (O‘TV)ni joylashtirish uchun 
qo‘shimcha zona, o‘quvchilar yakka tartibda shug‘ullanishi uchun maxsus zona. 
Umumta’lim maktablarining asosiy sinf xonalari uchun yorug‘lik bo‘yicha talab 
qilingan tomonlar janub va janubi-sharq hisolanadi. Rassomlik, chizmachilik va rasm 
kabinetlari uchun yorug‘lik bo‘yicha tavsiya etilgan tomon –shimol. 


167 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin