175
10.5. O‘quv komplekslarining turlari
O‘quv kompleksi ta’lim
berish darajasi, shakli va kooperatsiyasi bir xil yoki
turlicha bo‘lgan bir nechta o‘quv muassasasi binolarining funksional, me’moriy,
tashkiliy yoki hududiy birlashmasidan tashkil topadi. O‘quv kompleksi turli
shakllarda tuzilishi mumkin. O‘quv muassasalarining funksional vazifalari yoki
xizmat ko‘rsatish tizimlarining o‘xshashligi asosida birlashtirilishi
eng oqilona va
istiqbolli shakl hisoblanadi.
O‘quv kompleksida barcha professional o‘quv muassasalari uchun majburiy
hisoblangan hamda har bir o‘quv kompleksining o‘zagini tashkil etuvchi va
shakllantiruvchi o‘qitish, amaliyot va xizmat ko‘rsatish kabi funksiyalar
birlashtirilishi lozim. O‘quv komplekslari o‘z tarkibida turlicha mujassamlikdagi
o‘quv muassasalariga ega monofunksional o‘quv komlekslari (1-guruh) va tarkibida
o‘quv muassasalaridan tashqari ilmiy muassasalar va ishlab
chiqarish korxonalari
bo‘lgan polifunksional o‘quv komplekslari (2-guruh), shuningdek xizmat ko‘rsatish
korxonalari (3-guruh) shaklida bo‘lishi mumkin. Bevosita nazariy o‘qitish bilan
bog‘liq barcha xonalar (sinflar, kabinetlar, laboratoriyalar, leksiya auditoriyalari,
kutubxona) majmuasi
o‘quv kompleksini
tashkil etadi. Amaliyot atamasi o‘z tarkibiga
kasb-hunarga o‘rgatish va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan
barcha xona va qurilmalarni (trenajerlar, o‘quv-ishlab chiqarish
laboratoriyalar va
ustaxonalar, poligonlar, sex va uchastkalar) oladi. Ushbu kompleks tarkibiga
quyidagilar
kiritilishi
lozim: madaniyat
sohasida – konsert
zallari
va
konservatoriyalarning auditoriyalari, o‘quv teatrlari; tibbiyot sohasida – klinikalar;
pedagogika sohasida – bolalar bog‘chalari, maktablar va boshqa asosiy o‘quv
muassasalari, o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish funksiyasi yirik o‘quv
komplekslari
qoshidagi xonalarda, ya’ni ovqatlanish, maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish,
madaniyat va dam olish xonalarida amalga oshiriladi. Yotoqxonalar ham ushbu guruh
tarkibiga kiradi. Ko‘p funksiyali tarmoq o‘quv kompleksi – o‘quv muassalari
tomonidan o‘qitish funksiyasining yagonaligi asosida shakllantiriladigan bino va
inshootlar majmuasi. Bunday kompleks bir tarmoqqa taalluqli bo‘lsada, lekin ta’lim
darajasi turlicha bo‘lgan o‘quv hamda malaka oshirish muassasalarini birlashtiradi.
176
Bu kabi komplekslar birlashtiriluvchi muassasalarning mansubligiga bog‘liq
ravishda idoralarning o‘quv komlekslariga
va yirik korxonlar, ishlab chiqarish
birlashmalarining o‘quv komplekslariga ajratilishi zarur. Idoraviy o‘quv komplekslari
muayyan hudud (viloyat, shahar, tuman)da joylashgan korxonalar, muassasalar
guruhi uchun tegishli ixtisos bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi o‘quv
muassasalaridan shakllantiriladi. Bu kabi komplekslarga quyidagilar kiradi:
- tanlangan ixtisos bo‘yicha uzluksiz ta’lim olish va eng iqtidorli o‘quvchilarni
tanlab olish imkoniyatini beruvchi bolalar musiqa maktabi,
musiqa bilim yurti va
konservatoriyadan iborat madaniyat sohasiga mansub o‘quv kompleksi;
- o‘quv-pedagogika
kompleksi, bunda pedagogika oliy o‘quv yurti bazasida
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kasb-hunar
kollejlari birlashtiriladi;
OO‘Yu va ko‘rsatilgan o‘quv muassasalarining birlashtirilishi bo‘lg‘usi pedagog
uchun barcha yoshdagi tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga ta’lim berish va ularni
o‘qitish jarayonini to‘liq kuzatish va o‘rganish imkoniyatini beradi;
- savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish o‘quv kompleksi, bunda o‘quv kombinati,
kasb-hunar bilim yurti va savdo texnikumi kabi muassasalarni birlashtirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi;
- agrosanoat o‘quv kompleksi, bunda o‘quv xo‘jaligining umumiy bazasida (er
va texnika) o‘quv kombinati, kasb-hunar bilim yurti, texnikum va OO‘Yu kafedrasi
birlashtiriladi. Birlashtirilgan o‘quv komplekslaridagi o‘quv va jamoat binolarining
taxminiy tarkibi quyidagi jadval bo‘yicha qabul qilinadi:
Dostları ilə paylaş: