Toshkent arxitektura qurilish instituti


  3. Qo‘riqlash bloki tarkibiga quyidagilar kiradi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 


202 
3. Qo‘riqlash bloki tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- nazorat markazi xonasi; 
- qo‘riqchilar xonasi; 
- qurol o‘qlash va tozalash xonasi; 
- qurol saqlanadigan xona. 
4. Ofis xonalari bloki
 
tarkibiga bo‘limlar va bank rahbariyati uchun 
mo‘ljallangan xonalar kiradi. 
Tajriba 
shuni 
ko‘rsatayaptiki 
mamlakatimizdagi 
ofislar – ixtiyoriy 
rejalashtirilgan amerikacha ofis-park yoki yo‘lakli sxema bo‘yicha tashkil etilgan 
ana’anaviy evropacha ofislar emas, balki xonalari anfilada tizimida o‘zaro 
birlashtirilgan, ya’ni ma’lum darajada bir-biridan ajratilib qurishga asoslangan 
ofislardir: 
a) bo‘limlardagi xonalar: 
- kredit bo‘limi; 
- aholidan omonat qabul qilish bo‘limi; 
- yuridik bo‘lim; 
- qimmatli qog‘ozlar bo‘limi; 
- audit bo‘limi; 
- valyuta bo‘limi; 
- kartochkalar bilan ishlash bo‘limi; 
- iqtisodiy bo‘lim; 
- xo‘jalik bo‘limi; 
- pensiya bo‘limi. 
B) bank rahbariyati xonalari: 
- qabulxona; 
- bank boshqaruvchisining kabineti; 
- uning o‘rinbosarlari kabinetlari. 
5. Yordamchi xonalar: 
- arxiv; 
- blanklar saqlanadigan xona; 


203 
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xonasi; 
- dam olish xonasi; 
- xo‘jalik anjomlari saqlanadigan omborlar; 
- sanitariya bloklari; 
- texnik va muhandislik xonalari. 
Yordamchi xonalar har bir blok qoshida tanlangan rejalashtirish sxemasiga 
bog‘liq ravishda joylashtiriladi. Bank binosining badiiy obrazi ijtimoiy omillar, 
bank joylashgan hududdagi mavjud shaharsozlik vaziyati, hajmli-fazoviy va 
konstruktiv yechimlarga bog‘liq holda shakllantiriladi. Mamlakatimizdagi 
zamonaviy bank qurilishida bank binosi tashqi ko‘rinishining ikkita yo‘nalishini 
kuzatish mumkin: an’anaviy, tarixiy merosga murojaat qilish va muayyan 
me’moriy uslub alomatlari bo‘lmagan rasional yo‘nalish, ya’ni bank ofis yoki 
biznes-markaz sifatida qabul qilinadi. Odatda, birinchi yo‘nalish qo‘llanilganida 
salobatli va hashamdor qiyofaga ega binogavdalanadi, ikkinchi yo‘nalishda esa –
soddaroq, xalq ommasiga yaqinroq bo‘lgan bank binolari tasavvur qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin