To'siqlarga qaram ay sevdik
Yuragingiz faqat bir insonni deb ursin
Hayotida
birov
bo'lishiga
qaramay,
ko'zi
to'ymagan, begonalardan nigohini to'smagan, ochko'z
va begonani ko'rsa qosh-ko'zi o'ynaydigan insonlardan
jirkanganimchalik bu hayotda boshqa biron narsadan
jirkanmadim. Bu narsa erkak yoki ayolga tegishli narsa
emas. Bu insonning tabiatiga bog'liq bo'lgan masala.
Zero hayotida ko'ngil qo'ygan insoni bo'la turib, ko'zi
olma tergan odamning sevgisidan qanchalik manfaat
bor? Qolaversa, o'zimdan kelib chiqadigan bo'lsam,
sevaman degan insonimga tegishli bo'lishni va u ham
menga sodiq ekanhgini his qihshning beradigan lazzat
hamda baxtni atrofdagi hech kimga va hech narsaga
aUshmayman. Vaholanki, hozirgi zamonga kehb, faqatgina
bir insonga sodiq bo'la olish san'at darajasiga chiqqan
deb hisoblayman. Ammo ming afsuski, hamma inson
ham "san'atkorlik" darajasiga ko'tarilolmaydi. Sevganiga
sadoqatli bo'lish hammaning ham qo'lidan kelmaydi.
Sevgisida sobit qolomaydi. Yo yarim yo'lga yetmay tashlab
ketadi yo xiyonat qiladi yoki bo'lmasa oxiri sevaman degan
insonining la'natiga duchor bo'ladi. Yoki ham sevaman
deydi, ham atrofdagilardan na ko'zini, na umidini uzadi.
Begonalarga ko'zlari ko'r bo'lib, faqat siz bilan
kifoyalangan, atrofdagilarning tovushlarini eshitarga
quloqlari kar bo'lib, birgina sizning ovozingizga mahtal
bo'ladigan, qisqasi sadoqatning timsoli bo'lgan insonlarga
duchor bo'lishingizni tilayman...
Dostları ilə paylaş: