Mirach Chag'ri Oqtosh
O'zimni tushuntiraman deb urinma.
Anglashni istamaganga tushuntirishdan nima naf?
Mening hech qachon dardimni bo'lishadigan
bir insonim
bo'lmadi. Bir
kun bo'lsa ham bir siga-
retani
og'zimga
olgancha,
tutunini
puflab,
o'sha
puflagan tutunimga dardlarimni aytmadim. Bu tarzda
yengillashmadim. Borib shisha-shisha aroq ichib, mast
bo'lgancha bo'sh shishalarga sitamlarimni sotmadim. Men
hamma dardlarimga uyg'oq aql bilan bardosh berdim.
Turli xil vositalardan dardimga chora izlamadim. Ilojsiz
qoldim, kimsasiz qoldim, ammo bir Xudoning quliga
yolvorib bormadim. Dardlarim butun vujudimni qamrab
olgan kechalarda ko'zimga uyqu kelmadi. Yostig'imni
g'ijimlab yig'ladim. Ovozimni birov eshitmasin deb
yostig'imni yuzimga bosib yig'ladim. Sovuq ko'rpamga
burkandim, ammo hech qayerga va hech kimsaga
bormadim. Og'riqning eng dahshathlarini totib ko'rdim,
ammo kimdir yaramga malham bog'lashini kutmadim.
Men dardlarimni har dam ichimga yutdim, biroq insonlar
tomon qadam bosmadim. O'z dardlarim bilan o'zim
kurashdim. Boshimga nima tushsa hammasini bir o'zim
yengdim, lekin biron bandaga sezdirmadim. Ichimda
ayovsiz jang ketar ekan, barchaga kulib qaradim. Meni
baxtli deb o'ylashdi.
Seningcha,
agar
dilimni
ochsam,
meni
tushunisharmidi? Qo'ysangchi...
Dostları ilə paylaş: