To'siqiarga qaram ay sevdik
qiladiganlar ko'p. Men
bunday vaziyatga duch kelib
qolsam, faqat kulaman. Sevmoq bu hayotingdagi insonning
erkini chegaralab, uning boradigan joylarini belgilashmi?
Yoki uning kiyadigan kiyimlariga chegara qo'yishmi? Agar
siz sevish deganda shuni tushunadigan bo'lsangiz, demak,
sizning tushunchangiz noto'g'ri ekan. Modomiki, kimgadir
ko'ngil qo'ygan ekansan, unga
ishonishni ham bilishing
kerak. Masalan, u qayergadir ketganida xayoling unda
bo'lishining sababi undan shubhalanganing emas,
undan
xavotirlanganingbo'lishi kerak. Kiyim-kechagiga aralashib,
uning erkini bo'g'masliging lozim. Agar sen uni chindan
ham go'zal shaklda sevadigan bo'lsang, sevging unga
uning kiyadigan kiyimidan ham ko'proq yarashadi. Mayda-
chuyda narsalarni deb ranjitishning o'rniga
benuqson
sevishni sinab ko'ring. Ishonishni sinab ko'ring. Chegara
qo'ymay qizg'anishni sinab ko'ring. Silab-siypalash uchun
qo'lingizga olgan qushni bo'g'ib o'ldirmang.
146
Mirach Chag'ri Oqtosh
Ikki tomonlama sevgining hasratini
faqat bir tomon chekmasligi lozim
Borgan sari insonlarni tushunishim qiyinlashib
bormoqda. Necha yillardan buyon birga bo'lgan
insoni
hayotidan
chiqar-chiqmas
yangisini
topganlarni
ko'rganimdan beri insonlarni tushunish uchun qilayotgan
harakatimni to'xtatdim. E'tibor bering, "yillar" deyapman.
Bu aytishga oson, lekin shu
yillarning ichida qancha
xotiralar, qancha dardlar, qancha baxtiyorUklar, qancha
tuyg'ular, qanchadan qancha og'ir va yengil kunlar
mujassam. Qolaversa,
inson shuncha vaqtini birga
o'tkazgan, quvonch-u g'amini birga baham ko'rgan va
ayni ishqdan mast bo'lgan insonini hayotidan chiqarishi
bilan darhol yangisini topganiga guvoh bo'lganidan so'ng
sevgiga bo'lgan ishonchini yo'qotadi. Sevgan odam necha
yillardan buyon davom etib
kelayotgan munosabatlari
tugashi bilan darrov boshqasini topishga urinmaydi. O'zini
go'yo hech narsa bo'lmagandek tutolmaydi. Kimdandir
yarasiga malham sifatida foydalanmaydi. Ammo shunday
insonlar borki, ularni inson deyishga ham tilim bormaydi-
yu, lekin ming afsuski ulardan biri mening sobiq sevgilim
edi. Uch yil ichida unga bor-u yo'g'imni berdim.
Butun qalbim bilan uni sevdim. Ota-onasidan keyin
unga eng kuchli mehrni ham men berdim. Unga bo'lgan
muhabbatim shu qadar yuksak edi. Ammo biz ayrildik.
Kulgili
tuyuladi, lekin ayrilishimiz uchun aytarli sabab
yo'q edi. Uch yil o'tib, unga hor-u yo'g'imni berganimdan
va deyarli yo'limizni birga tanlaganimizdan keyin u menga
Dostları ilə paylaş: