O‘zbеkiston rеspublikаsi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   410
MIKRO MAKRO

Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
Mukammal raqobatlashgan bozorning asosiy shartlari nimalar? 
2.
Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini 
qanday maksimallashtirishtiradi? 
3.
Raqobatlashgan bozorda firmaning talab chizig‘i qanday ko‘rinishga ega? 
4.
Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanat holati qanday aniqlanadi? 
5.
Firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig‘i grafigi qanday? 
6.
Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma 
zararlarini qanday minimallashtirishtiradi? 
7.
Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma qanday 
holatda yopiladi? 
 


174 
13-bob. RAQOBATLASHUVCHI FIRMA VA TARMOQNING UZOQ 
MUDDATLI ORALIQDAGI MUVOZANATI VA TARMOQ TAKLIFI 
 
13.1. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash 
 
Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o‘zgartiradi, 
shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o‘z 
kapitali hajmini o‘zgartirishi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartirishi
mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma 
ishlab chiqarish xarajatlarining qanday o‘zgarishi ishlab chiqarish masshtabi
samaradorligining o‘sishi, o‘zgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. Yana shuni 
eslatib o‘tish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi faoliyatini tahlil
qilganimizda uning o‘rtacha xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faraz qilaylik, 
firmaning ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun 
o‘zgarmas masshtab samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish omillari sarfi ikki 
barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga o‘sadi. Demak, ishlab 
chiqarish hajmi oshgani bilan o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarmaydi. 
Endi faraz qilaylik, masshtab samarasi o‘suvchi bo‘lsin. Ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanishni ikki barobar oshirganimizda, ishlab chiqarish hajmi ikki 
barobardan ko‘proqqa oshadi (masalan, uch barobarga oshirishi mumkin). Bunday 
holda o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi, nima uchun deganda, ishlab 
chiqarish hajmining o‘sish sur`ati, omillar sarfi sur`atidan ko‘p. Xuddi shunday, 
masshtab samarasi pasayganda, ya’ni ishlab chiqarish omillari sarfini o‘sishi 
sur`atidan ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur`ati kichik bo‘lganda 
ATC
ortib 
boradi. 
Odatda, ishlab chiqarishning boshida masshtab samarasining oshishi, undan 
keyin o‘zgarmas va keyinchalik kamayishi ko‘pgina firmalarga xosdir. Shuning 
uchun ham uzoq muddatli oraliqda umumiy o‘rtacha xarajatlar chizig‘i botiq 
ko‘rinishga ega bo‘ladi (13.1-rasm). 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin