O‘zbеkiston rеspublikаsi


Moliyaviy bozorlarning beqarorligi → Kreditlarning qisqartirilishi va



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   410
MIKRO MAKRO

Moliyaviy bozorlarning beqarorligi → Kreditlarning qisqartirilishi va 
iste’molning pasayishi → Ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi, 
ishsizlikning o‘sishi. 
Shunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha davlat 
dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag‘batlantirish orqali 
ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rish 
masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. 
21.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi 
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab 
chiqarish resurslari to‘liq foydalanilmay qoladi. 
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri 
bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi. 
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan 
ko‘proq foydalaniladi. 
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi 
ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi
35

Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. 
Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo‘lgan talab 
qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, ishchi 
kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi 
miqdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi. 
Ishsizlar 
– bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band 
bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir. 
Ishsizlik darajasi 
deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) 
aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin