‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


„Ijtimoiy ta ’minot huquqi“ fanining metodi



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

1.2. „Ijtimoiy ta ’minot huquqi“ fanining metodi.
Fanning tizimi
„Ijtimoiy ta'm inot huquqi“ fani — davlatga oid huquq sohasi 
sifatida o ‘z predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlami o‘ziga xos 
usullari (metod) bilan tartibga soladi.
Ijtimoiy ta'm inot huquqi imperativlikka tayangani holda ish 
ko ‘radi va qonun hujjatlarida belgilangan m ajburiyatlarining 
qat'iyligi, munosabatning ishtirokchilar kelishuviga ko‘ra o ‘zgar- 
tirilm asligi, kelishuv asosida ish ko‘rib b o ‘lmasligi diqqatga 
sazovordir.
„Ijtimoiy ta'm inot huquqi“ fani va ijtimoiy ta'm inot qonun- 
chiligi tarm og‘i o ‘zaro o'xshash, ayni paytda bir-biridan farq 
qiluvchi tizimga ega.
5
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtimoiy ta 'minot huquqi tizimi
deganda, ushbu fanga xos 
bo'lgan asosiy huquqiy institutlaming o‘ziga xos mazmunga ega 
bo‘lgani holda yagona fan predmeti sifatida o'zaro bogMiqligi va 
yaxlit holdaligi nazarda tutiladi. Ijtimoiy ta'm inot huquqi umumiy 
va maxsus qismlardan iborat.
„Ijtim oiy ta 'm in o t huquqi“ fanining um um iy qismi fan 
tushunchasi, predmeti, metodi, manbalari va tamoyillari, ijtimoiy 
ta'minotga oid huquqiy munosabat va uning subyektlari, mehnat staji 
va uning ahamiyati kabi institut va tushunchalami qamrab oladi.
„Ijtimoiy ta'm inot huquqi“ fanining maxsus qismi ijtimoiy 
ta'm inot va ijtimoiy muhofazalash bilan bogMiq bo'lgan aniq va 
ayrim m unosabat tu rlari, ularning yuzaga kelishi, ijtim oiy 
ta'm inot va ijtimoiy himoya yordamlarini ta'm inlab berilishi 
masalalarini o ‘zida aks ettiradi. Bular jumlasiga: davlat pensiya- 
larini tayinlash va toMash, fuqarolaming nafaqalar bilan ta’min- 
lanishi, ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish, davlat ta'm inotiga 
olish va ijtimoiy imtiyoz va yordamlar berish kabilar kiradi. 
Shuningdek, ijtimoiy ta'm inot va ijtimoiy himoya sohasidagi xal- 
qaro hamkorlik, jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribasini o ‘rga- 
nish, ijtimoiy ta'm inot sohasida qonuniylikni ta'm inlash va javob- 
garlik masalalari ham fanning maxsus qismida o ‘rganiladigan 
predmetlardan sanaladi.
Ijtimoiy ta 'minot qonunchiligi sohasining tizimi
uning oldiga 
}o‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
ijtimoiy ta'm inot qonunchiligi tizimi o ‘z ichiga fuqarolami davlat 
pensiyalari bilan, jam g‘arib boriladigan pensiya bilan ta'm inlash, 
davlat ijtimoiy sug‘urta nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar tayinlash va 
toMash, ularga tibbiy va boshqa yordamlami ko‘rsatish, natural 
holdagi ijtimoiy xizmatlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
oiganlari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy ta'm inot va ijtimoiy toMov- 
lar, davlat ta'minotiga olish va ijtimoiy muassasalar faoliyatini 
tartibga solish, fuqarolarga ijtimoiy imtiyoz va yengilliklar berish 
kabi masalalardagi qonunchilik va qonunosti hujjatlari majmuyini 
qamrab oladi.
„Ijtimoiy ta'm inot huquqi“ fani sohaning va fuqarolaming 
ijtimoiy ta'm inoti hamda ijtimoiy himoyasini rivojlantirishining 
ilmiy-nazariy masalalari, qonunchilikni takomillashtirish muam- 
molari, mutaxassis kadrlar tayyorlash va boshqa nazariy hamda 
amaliy masalalar bilan shug‘ullanadi.
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtimoiy ta’minot huquqining qonunchilik tarmog‘i esa fuqa- 
rolami ijtimoiy ta ’minlash va himoya qilish bilan bog‘liq muno- 
sabatlarini tartibga solish, bunday ta'm inotlarni berish shartlari va 
tartiblarini belgilash, ijtimoiy ta'm inot va ijtimoiy himoyalash 
munosabatlarida fuqarolarning huquq va manfaatlarini, davlat va 
jam iyat m anfaatlarini samarali him oyalash, qonunbuzarliklar 
uchun javobgarlikni belgilash vazifalarini bajaradi.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin