54
Bularni barchasini inobatga olgan holda biz bugun bir dasturiy vosita
bo‘lmish – “Hot-potatoes6” dasturi yordamida talabalarga bilim berish, olgan
ma’lumotlarini qay darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat va tahlil qilish usullarini
hamda dastur imkoniyatlarini qisqacha yoritib berishga harakat qilaman. Demak,
dastlab dastur imkoniyatlari haqida ma’lumot keltirsak.
“Hot-potatoes6” (ing. “Qaynoq Kartoshkalar” deb nomlanadi.) dasturini
ishga tushirganimizda uning asosiy oynasi ochiladi va bu oyna sarlavha satri,
menyular satri hamda olti xil imkoniyatlarga ega bo`lgan bo`limlardan tashkil
topgan.
Aytaylik biz prezentatsiya ko‘rinishida yangi bir mavzuni talabalarga
ma’ruzasini kerakli qismini yozdirib, asosiy tushunchalarini ularga tushuntirib
beraylik. Ularni bilim olish darajasi biz yaratgan prezentatsiyaning ko‘rgazmalilik
prinsiplari asosida hamda ham tinglab, ham ko‘rib shu bilan birgalikda yozib
borishlari yordamida oshib boradi. Endi biz talabalar olgan tushuncha, bilimlarini
qay darajada egallab olganliklarini tekshirishimiz va nazorat qilish uchun
kompyuter yordamida yaratilgan dasturiy vositalar orqali nazorat qilib olishimiz
mumkin bo‘ladi. YUqoridagi dastur yordamida huddi shunday nazorat variantlarini
tuzishimiz mumkin. Jumladan:
Dostları ilə paylaş: