Bitli simvollar oqimi Xn,k,ketma-ket-parallel o'zgartirgich siljitish registrida,
modulyatsiya qilinganda, ular parallel N-razryadli kodga (X
0
,X
1
,....X
N-1
)
aylantiriladi hamda ular Fur'ening teskari almashtirish blokiga tushadilar. Fur'ening
teskari almashtirish blokida chastotali komponentalardan signalning vaqt bo'yicha
sath qiymatlari X
0
,X
1
....X
N-1
shakllantiriladilar va raqam-analog o'zgartirishdan
so'ng kvazianalog signal bo'ladi. So'ngra olingan signal radiouzatish qurilmasi
modulyatori yordamida televideniening ishchi diapazoniga ko'tariladi va
kuchaytirilib efirga uzatiladi.
9-rasm. OFDM da ko‘pnurli qabul qilish
OFDM signalni demodulyatsiya qilishda qabul qilgichda teskari amal
bajariladi. Qabul qilgich qabul qilgan OFDM kvazianalog signal dastlab oraliq
chastotaga keltiriladi, so'ngra ARO' yordamida N-razryadli parallel kodga
x0,x1....xN-1 aylantiriladi. So'ngra Fur'ening tezkor to'g'ri almashtirish bloki orqali
kvazianalog signal sanoqlari qiymatlaridan modulyatsion simvollarning spektrial
koeffitsientlari shakllantiriladi hamda ular ketma-ket kodga o'zgartirilgach,
dekodlashning kanal traktiga tushadi.
Dostları ilə paylaş: