O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Yodda tuting
!
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikning 
dastlabki vaqtlaridanoq o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik, turkman 
va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni 
yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib, “Turkiston – umumiy 
uyimiz” degan g‘oyani ilgari surgan edi.
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalar.
Xalqaro moliyaviy ins-
titutlar bilan hamkorlik aloqalarining kengayishi har qanday davlat iqtisodiy 
taraqqiyotining asosi hisoblanadi. O‘zbekiston taraqqiyotning yangi davri-
ni boshlagan bugungi sharoitda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ham-
korlik aloqalarini tobora chuqurlashtirish va yangi bosqichga ko‘tarish 
tashabbusi bilan chiqmoqda. Tinchlik va barqarorlik to‘la kafolatlangan, 
katta ishlab chiqarish salohiyatiga, beqiyos yerosti va yerusti boyliklariga 
ega bo‘lgan O‘zbekistondek mamlakat bilan xalqaro moliyaviy muassasa-
larning hamkorligi har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi barchaga 
ayon. O‘zbekiston boy xomashyo bazasi va ulkan yerosti boyliklari zaxi-
rasiga ega. Eng muhimi, yuksak intellektual salohiyatga, bunyodkorlik va 


138
yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lgan bag‘rikeng xalqi ezgulik va yaxshilik
insoniyat hayotining saodatli istiqboli yo‘lida umumbashariy manfaatlarga 
mos keladigan turmush tarzini qurishga qodir. Shuning uchun ham, O‘zbe-
kiston rahbari Jahon banki, Xalqaro valuta fondi va boshqa nufuzli moliya-
viy muassasalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni va o‘zaro manfaatli 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.
O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik 
Tashkiloti bilan aloqalari
. Shanxay Hamkorlik 
Tashkiloti (ShHT) – submintaqaviy xalqaro 
tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 
61% ini egallaydi. ShHTning rasmiy tili rus va 
xitoy tillari, ramzi esa oq bayroq bo‘lib, uning 
markazida tashkilotning gerbi joylashgan. 
Tashkilotning shtab-kvartirasi Pekinda 
joylashgan. 1996-yil Shanxayda Xitoy, Rossiya, 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat 
rahbarlarining sammitida chegara hududlari 
bo‘yicha harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liq 
shartnoma (1996-yil 26-aprel) imzolanishi natijasida “Shanxay beshligi” 
vujudga kelgan edi. 1997–1999-yillarda Moskva, Almati, Bishkekda bo‘lib 
o‘tgan sammitlarda “Shanxay beshligi”ning holati yanada mustahkamlanib, 
o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. 2000-
yil Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida 
ishtirok etdi. 2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok 
etib, O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi 
to‘g‘risida”gi Bayonotni imzoladi. O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga 
kirishi munosabati bilan uning nomi “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – 
ShHT” deb o‘zgartirildi. Sammit yakunida “ShHTni tuzish to‘g‘risida”gi 
deklaratsiya hamda “Terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi 
kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolandi. 2002-yil ShHTga a’zo 
mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi Sankt-Peterburg sammitida uchta 
hujjat: ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi, ShHT Xartiyasi, 
ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) 
ShHT gerbi


139
ShHT xaritasi

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin