O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

ShHTning oliy organlari:
 
«Davlat boshliqlari Kengashi»;
 
«Hukumat boshliqlari Kengashi (Bosh 
vazirlar)»;
 
«Tashqi ishlar vazirlari Kengashi» 
(2002-yil birinchi majlisi bo‘lib o‘tgan); 
 
«Milliy muvofi qlashtiruvchilar Ken-
gashi»;
 
«Vazirlar va (yoki) idoralar rahbarlari 
Yig‘ilishi» (2000-yil birinchi uchrashuvi 
amalga oshirilgan); 
 
2002-yil 
tuzilgan 
«Mintaqaviy 
Antiterror tuzilmasi (МАТТ)»;
 
2004-yil yanvar oyidan ish boshlagan 
Kotibiyat va boshqalar.
Yodda tuting
!
2007-yil 1-yanvaridan ShHTning bosh kotibi lavozimi joriy etildi va 
bu lavozimni Qozog‘iston Respublikasi vakili Bulat Nurgaliyev egalladi. 
Bu lavozimda 2016-yildan Tojikiston vakili Rashid Alimov faoliyat 
ko‘rsatmoqda.
ShHTga a’zo davlat rahbarlari. 2018-yil


140
haqidagi Bitim imzolangan. 2003-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda 
ShHT oliy organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi va tashkilotning gerbi
bayrog‘i qabul qilinadi. 2003-yil ShHTning Pekin sammitida “ShHTga a’zo 
davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul 
qilindi. 2004-yil ShHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni 
rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. 2005-yil mamlakat rahbarlari 
kengashib, uchta Osiyo mamlakati – Hindiston, Eron va Pokistonga 
kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tashkilot 
geografik jihatdan kengaydi va bu ShHTning xalqaro mavqeyini yanada 
yuksaltirdi. Bundan tashqari, Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston mamlakatlari ham 
kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishdi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha sherikka 
aylandi. 
Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning 
ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi 
memorandumlar imzolandi hamda 2017-yil Ostonadagi sammitda Hindiston 
va Pokiston tashkilotga aʼzo sifatida qabul qilindi.
2017-yilning iyun oyida tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Ostonada 
boʻlgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, 
unda sammit ishtirokchilari eʼtiborini Afgʻonistondagi vaziyatni yaxshilash,
yoshlarni turli yot gʻoyalardan asrash, ularning zamonaviy taʼlim-tarbiya 
olishi, komil inson boʻlib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikka 
qaratdi. Tartibga ko‘ra, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik Xitoy Xalq 
Respublikasiga oʻtdi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin