140
haqidagi Bitim imzolangan. 2003-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda
ShHT oliy organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi va tashkilotning gerbi,
bayrog‘i qabul qilinadi. 2003-yil ShHTning Pekin sammitida “ShHTga a’zo
davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul
qilindi. 2004-yil ShHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni
rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. 2005-yil mamlakat rahbarlari
kengashib, uchta Osiyo mamlakati – Hindiston, Eron va Pokistonga
kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tashkilot
geografik jihatdan kengaydi va bu ShHTning xalqaro mavqeyini yanada
yuksaltirdi. Bundan tashqari, Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston mamlakatlari ham
kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishdi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha sherikka
aylandi.
Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning
ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi
memorandumlar imzolandi hamda 2017-yil Ostonadagi sammitda Hindiston
va Pokiston tashkilotga aʼzo sifatida qabul qilindi.
2017-yilning iyun oyida tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Ostonada
boʻlgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab,
unda sammit ishtirokchilari eʼtiborini Afgʻonistondagi vaziyatni yaxshilash,
yoshlarni turli yot gʻoyalardan asrash, ularning zamonaviy taʼlim-tarbiya
olishi, komil inson boʻlib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikka
qaratdi. Tartibga ko‘ra, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik Xitoy Xalq
Respublikasiga oʻtdi.
Dostları ilə paylaş: