O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Atamalar izohi
:
Transchegaraviy
– chegaralararo, bir necha davlat hududidan 
o‘tuvchi. Daryolar va yo‘llarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shafe – 
(tarafini oluvchi, homiy; vositachi) birovga yon bosuvchi, 
homiylik qiluvchi; homiy.
?
Savol va topshiriqlar
:
1. Orol muammosini bartaraf etish bo‘yicha qanday tadbirlar amalga oshi-
rildi?
2. O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lishining ahamiyatlari haqida gapirib bering.
3. Markaziy Osiyo xaritasidan transchegaraviy daryolarni toping va sharh-
lang.
4. Oldingi darslarda olgan bilimlaringizga tayanib, YuNESKO homiyligida 
yubileyi nishonlangan yurtimizdagi shaharlarni sanab bering.


136
22-mavzu.
 O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida 
ko‘ptomonlama hamkorligi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
. O‘zbekiston tashqi siyosatining 
diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar 
bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi. Negaki, 
sovet davrida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma’muriy-
buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq ittifoq tarkibiga kirgan 
mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog‘lab qo‘ygan 
ediki, natijada ular o‘zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning 
uchun sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar 
buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda iqtisodiy inqirozdan 
chiqishning, mustabid siyosat asoratidan qutulishning birdan-bir yo‘li –
bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilish edi. Ana shu nuqtayi nazardan 
ham O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi g‘oyasini qo‘llab-
quvvatladi.
1991-yil 8-dekabrda Belorus, Rossiya va Ukraina rahbarlari Minskda 
uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar. 1991-yil
21-dekabrda Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘izis-
ton, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va 
Ukraina davlatlari boshliqlari Almatida uchrashib, Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lib kirdilar. Shu tariqa XX asrning muhim 
voqealaridan biri sodir bo‘ldi – MDH ixtiyoriy iqtisodiy uyushma yuzaga 
keldi. Shundan buyon MDHning bir necha yig‘ilishlari o‘tkazildi, ko‘p 
hujjatlar qabul qilindi. Ularning bari uzoq yillar bir davlat bo‘lib kelgan 
mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy, harbiy va boshqa aloqalarni yangi 
sharoitlarda – mustaqil davlatlararo munosabatlar tarzida davom ettirishga 
qaratildi.
1993-yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi 
Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi. 1993-yil dekabrda Ashxabod 
shahrida MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘lib, unda Gruziya 
MDHga a’zo etib qabul qilindi. Shu munosabat bilan MDHning tarkibi 
12 davlatga yetdi. 1994-yil oktabrda Moskvada o‘tkazilgan MDH davlat 
boshliqlarining Kengashida Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita (DIQ) tuzildi. 
DIQning shtab-kvartirasi Moskva shahri etib belgilandi. 1996-yilda 


137
MDHning bayrog‘i qabul qilindi. MDHning raisi lavozimi navbat bilan 
bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi. MDHning asosiy 
maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo‘stlik davlatlari o‘zaro 
munosabatlarida davlat suverenitetini o‘zaro tan olish va hurmat qilish, teng 
huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, iqtisodiy kuch 
yoki boshqa tazyiq uslublarini qo‘llashdan voz kechish kabi qoidalarga 
rioya qilish majburiyatlarini olganlar. 2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston 
poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi 
kurash bo‘yicha MDHning “Xavfsizlik Kengashi”ni tuzishga qaror qilindi. 
2005-yil avgustda Turkmaniston MDHning rasmiy a’zosi darajasidan 
chiqib, hamdo‘stlikning tashkiliy a’zosi – kuzatuvchi maqomini oladi. 
2008-yilning avgust oyida Gruziya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan 
chiqish haqidagi istagini bildirdi va 2009-yilning avgust oyidan Gruziyaning 
MDHga a’zolik ma’qomini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. 
Bugungi kunda MDHning tarkibiga 10 ta a’zo davlat: Rossiya, Ukraina, 
Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, 
Armaniston, Moldova va bitta kuzatuvchi Turkmaniston kiradi. 
MDHning 1993–2013-yillardagi xaritasi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin