O`zb tarix 11 узб indd


Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish masalasi



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish masalasi
. 1997-yili 
mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov Afg‘oniston bilan 
qo‘shni olti mamlakat – Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, 
O‘zbekiston, shuningdek, AQSh va Rossiya davlatlari ishtirokida BMT 
shafeligi ostida afg‘on muammosini muzokaralar yo‘li bilan yechishga 
qaratilgan “6+2” muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 
Ushbu tashabbusni amalga oshirish maqsadida qator siyosiy-diplomatik 
chora-tadbirlar ko‘rildi. O‘zbekiston, AQSh va Afg‘onistonda mazkur
mamlakatda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarning ishtirokchilari 
bilan maxsus muzokaralar olib borildi va 1999-yilga kelib, O‘zbekistonda 
Buni o‘qing
!
“Afg‘oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida 
bo‘lishi lozim. Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbat-
da, Afg‘onistondagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga 
qaratilmog‘i kerak. Aminmizki, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning 
yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy 
kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muloqot olib borishdir. Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari 
hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT 
shafeligida o‘tishi lozim. Donishmand afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal 
qilishga haqlidir”.
Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqidan


133
BMT shafeligida “6+2” muloqot guruhining Afg‘oniston muammosi 
yechimiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanini o‘tkazishga erishildi. Toshkent 
shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda birinchi bor Afg‘onistonda o‘zaro 
nifoqlashayotgan kuchlar vakillarini umumiy muzokaralar davrasida 
jamlashga muvaffaq bo‘lindi. Bu o‘zbek diplomatiyasining muhim 
yutuqlaridan biri edi.
Eng muhimi, O‘zbekiston o‘zining taklif va g‘oyalarini amaliy ishlar bilan 
mustahkamlab bordi. Chunonchi, mamlakatimiz Afg‘onistonda avtomobil va 
temir yo‘llar, ko‘priklar qurilishida faol ishtirok etdi. Afg‘oniston tarixida 
eng birinchi zamonaviy temir yo‘l aynan O‘zbekiston tomonidan “Termiz –
Hayraton – Mozori Sharif” yo‘nalishida qurib bitkazildi va 2010-yili ishga 
tushirildi. Qo‘shni mamlakat poytaxti – Qobul shahrini uzluksiz elektr 
energiyasi bilan ta’minlay boshlagan mamlakatlardan biri ham aynan 
O‘zbekiston bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi ga 
binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf 
G‘ani 2017-yil 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Mamlakatlar o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada mustah-
kamlashga qaratilgan 16 hujjat imzolandi.
Yodda tuting
!
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 
13-oktabrda o‘rnatilgan. Ikki tomonlama hamkorlik 2016-yilga kelib 
izchil rivojlana boshladi. 2017-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili tayinlangani mam-
lakatimizning ikki tomonlama munosabatlarida alohida ahamiyatga ega 
bo‘ldi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin