O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Sud hokimiyati. 
Sud hokimiyati – O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 
sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, 
siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish 
yuritadi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sud hokimiyati sohasida ham 
islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va 2000-yilda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahrirda) 
sud islohotlarining huquqiy asosidir. 
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin. 
1) 1991–
2016-yillar; 2) 2017-yildan keyingi davr. Dastlabki davrda O‘zbekiston 


17
Respublikasi sud tizimiga besh yil muddatga saylanadigan quyidagi sudlar 
kirgan: 
 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi; 
 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi
 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi; 
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy 
sudlari; 
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari
 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; 
 
viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari; 
 
harbiy sudlar. 
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida 
sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi 
ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. 
Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad 
O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ 
sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi 
organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan 
organga aylantirishdir.
Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazi-
falardan ozod etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor 
qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan 
sudlarga o‘tkazildi. Davlatimizda jinoiy jazolashning insonparvar huquqiy 
tizimi tashkil etildi.
Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati Prezident Shavkat 
Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi 
tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy 
xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish 
yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
2 – O‘zbekiston tarixi, 11-sinf


18
Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy 
harbiy sudlar shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazildi. 

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin