Atamalar izohi !
Afv etish – sud hukmi bilan
jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish yoki berilgan jazoni yengillashtirish. Odatda,
afv davlat boshlig‘ining qarori bilan amalga kiritiladi.
Referendum – (
lot. – ma’lum qilinishi zarur bo‘lgan narsa) davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va
ba’zan qonun qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq
so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash.
Yurisdiksiya – (
lot. – sud qilish, sud jarayoni) huquqiy masalalarni
hal qilish, sudlov ishlarini olib borish huquqi. Muayyan davlat organi
vakolatlari doirasidagi huquq sohasi.
Doktrina – (
lot. – ta’limot; o‘qimishlilik) ilmiy yoki falsafiy ta’limot,
nazariya; asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar.
Savol va topshiriqlar: 1. O‘zbekistonda bir palatali parlament faoliyat ko‘rsatgan davrdagi o‘ziga
xoslik nimalardan iborat? Ikki palatali parlament tashkil etish zarurati
nimada?
2. Davlat boshqaruvida hokimiyat bo‘linishi qanday ahamiyatga ega?
3. O‘zbekistonda ijro hokimiyatiga qaysi davlat idoralari kiradi?
4. O‘zbekistonda “Vatan himoyachilari kuni” ilk bor qaysi yilda
nishonlandi?
5. O‘zbekistonda sud ishlari qaysi tillarda olib boriladi?
6. Vazirlar Mahkamasi va uning strukturasida qanday o‘zgarishlar yuz
berdi?
?
O‘zingizni sinang !
Mudofaa doktrinasi – bu ...
Xavfsizlik kengashi – bu ...
Harbiy okrug – bu ....
Chegara qo‘shinlari – bu ...
!