4
davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yildi.
Demokratik
an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari
yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda
faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi.
Jumladan, kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik
jamiyatiga bosqichma-
bosqich o‘tish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Natijada mamlakatning siyosiy
va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari
chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil
sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi. 2010-yildan
demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash
jarayonini yanada
chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi. Uning boshlanishi O‘zbekistonning
Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik
jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, bu davr davlat
hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish,
sud-huquq tizimi,
axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov
qonunchiligini
takomillashtirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlash-
tirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 2)
2017-yildan keyingi yillar
.
Bu davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan O‘zbekiston
Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli
jadal islohotlar davri hisoblanadi. Natijada, hayotimizga yangi iboralar,
xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual
qabul-
xona”, “tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”,
“o‘z bolangni o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik” singari
tushunchalar kirib keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: