75
ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi,
viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va
tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
Yodda tuting
!
2017-yilda O‘zbekistonda 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasalari
faoliyat yuritgan. Oxirgi 20 yil davomida bog‘chalar soni 45%ga kamay-
gan. Ayni damda bog‘chaga borayotgan bolalar umumiy bolalar sonining
30%- ni tashkil qiladi.
?
Savol va topshiriqlar:
1. 1992–1997-yillardagi ta’lim tizimining keyingi yillardagisidan farqli
jihatlarini sanab bering.
2. Uzluksiz ta’limni rivojlantirish omillari nimalardan iborat?
3. Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari
sonining oshirilish zarurati nimada?
4. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va uning
mazmun-mohiyati nimalardan iborat? Fikrlaringizni asoslang.
5. Nima sababdan 12 yillik ta’limdan 11 yillik tizimga o‘tildi?
11-mavzu.
Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi
Oliy ta’lim tizimi
. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana
sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. 1992-yil
martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat univer-
siteti,
Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat
universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi.
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar,
jumladan, Jahon iqtisodiyoti
va diplomatiya universiteti, Navoiy kon-
metallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya,
Ichki ishlar vazirligi qoshida
Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya
akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent
davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 1993-yil
talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Mamlakat
qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan
yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsadida Toshkent
Davlat
Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qar-
76
shi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘ja-
ligini mexanizatsiyalash institutlari ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida
oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib
ish tutildi.
1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim
muassasasida test si-
novi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda
esa 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari
o‘tkazildi.
1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy
ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996-yildan ta’lim
olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi “Ta’lim to‘g‘-
risida”gi qonunga muvofi q, 5 yillik oliy ta’limdan 4
yillik bakalavriat va
2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi.
Shuningdek, Mamlakat Prezidentining 2013-yildagi “Yuridik kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofi q
yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori
asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi.
Dostları ilə paylaş: