79
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan edi.
2017-yil 10 yildan
ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin davlat
va jamiyatdagi malakali
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim
takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Res-
publika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini
o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qarori qabul qilin-
di. Unga muvofiq 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor
talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at,
musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi
ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari o‘tka-
zilmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat
konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at
va
madaniyat instituti, Kamoliddin Beh-
zod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn
instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tar-
biya instituti
va alohida iqtidor talab
etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijo-
diy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga
qo‘yiladi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida
ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasida
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6
yil va tibbiy
profilaktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.
Dostları ilə paylaş: