83
manbalari” ilmiy-o‘quv markazi, 2012-yili Immunologiya institutida “Bio-
tibbiyot” ilmiy-ta’lim innovatsion markazi ish boshladi.
2012-yildan esa oliy ta’lim tizimida ilmiy sektor rivojini ta’minlash
maqsadida Fanlar akademiyasining 5
ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta min-
taqaviy ilmiy markazlari ilmiy bo‘linma tarzida qayta tashkil etilib, yo‘nalishi
va ixtisosliklariga ko‘ra ular tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazildi.
Fanlar akademiyasi tuzilmalarini qisqartirish hamda akademik fan va
ta’lim integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va
1 ta bo‘linma oliy ta’lim muassasalari qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazlari
sifatida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi “Oliy
malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tka-
zish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq
2013-yilning 1-yanvaridan boshlab dissertatsiya
himoya qilish va fan
doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilindi.
Lekin bu tizim mavjud xal-
qaro ilm-fan standartlariga to‘la mos kelmaganligi, respublikadagi mavjud
ilmiy salohiyatning tushib ketganligi sababli, 2017-yil
fevraldan Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqaro standartlariga mos keluvchi, falsafa
doktori va fan doktori darajalarini beruvchi ikki bosqichli tizimga o‘tildi.
Dostları ilə paylaş: