93
Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam hayotiy prinsiplar, harbiy
xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning
o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi
uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib, 2005-yilda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli kuchlari
safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan
imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar
uchun respublika oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga
kirishda test sinovlarida
to‘planadigan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball
shaklidagi imtiyoz berish belgilandi.
Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga
yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, 23 ta qonun
va 100 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib,
hayotga izchil
tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning
manfaatlari alohida e’tiborga olindi. Xususan, 2000-yil – “Sog‘lom avlod
yili”, 2001-yil – “Onalar va bolalar yili”, 2008-yil – “Yoshlar yili”, 2010-yil –
“Barkamol avlod yili”, 2014-yil – “Sog‘lom bola yili”, 2016-yil – “Sog‘lom
ona va sog‘lom bola yili”, deb e’lon qilinib, yaxlit chora-tadbirlar dasturlari
amalga oshirilgani fikrimiz tasdig‘idir.
Yoshlarga e’tiborning kuchayishi
. 2016-yilda “Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga
ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi shaxslar yoshlar ekanligi qayd
etilgan. “Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi
mamlakatimizda
yoshlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga,
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga
chiqarishda davlat organlari hamda boshqa
tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga,
ushbu sohada sog‘lom, barkamol avlodni
tarbiyalashga
qaratilgan chora-tadbirlar
samaradorligini yanada oshirishga xizmat
qiladi.
Temurbeklar maktabi
94
Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofi q
mamlakatimizdagi barcha
harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi. Yoshlarni
yanada rag‘batlantirish maqsadida “Mard o‘g‘lon” mukofoti ta’sis etildi.
Shu yil sentabrda o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt
etishiga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufi da
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab
(Al-Xorazmiy maktabi) tashkil etildi. Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan
boshlab yozma va og‘zaki sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: