106
kiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi,
2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi.
Mamlakat Prezidentining 1997-yil “Xalq
badiiy hunarmandchiliklari
va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak
san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan
badiiy buyumlarni
tayyorlashda davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni ta’sis
etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa, hunarmandlar
daromad solig‘idan ozod etildi.
Kino.
Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini
rivojlantirishga
ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashlar 2004-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etilgandan
keyin yangi bosqichga ko‘tarildi.
2017-yil kino san’ati uchun ham muhim yil bo‘ldi. Birgina shu yilning
o‘zida “O‘zbekkino” milliy agentligiga davlat budjetidan 12 milliard 400 mil
-
lion so‘m ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
2017-yil 29-dekabr kuni milliy kino san’ati xodimlari va mutasaddilari bilan
uchrashdi. Unda kino san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim
muassasalari, tajriba va mala-
ka oshirishini tashkil etish, hududlarda kinoteatrlar qurish, ularning faoliyatini
yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kinematografiya so
-
hasini rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, xori
-
jiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan
hamkorlikda filmlar yaratishni yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi.
Dostları ilə paylaş: