112
Mazkur Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor
qaratilgan va “O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa
bilan bog‘liq” ekanligi rasman e’tirof etilgan. Unda Markaziy Osiyo
o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining
ulkan zaxiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e’tibor
obyektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan
hududga
aylanib borayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari
tomonidan mintaqada olib borilayotgan o‘zaro raqobat inobatga olinib,
“Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi
davlatlarning o‘zlari tomonidan yechilmog‘i zarur”, degan fi kr bayon etilgan.
Konsepsiyada O‘zbekistonning tinchliksevar
siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy
bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy
blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi
ta’kidlandi.
Dostları ilə paylaş: