O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Savol va topshiriqlar
:
1. Quyidagi jadvalni to‘ldiring. 
O‘zbekistonning geosiyosiy holati haqida, 
qulay va noqulaylik sabablarini keltiring.
Qulay
Noqulay
2. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, 2018-yil yanvarda Prezident 
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari 
bilan uchrashuvi va unda belgilangan vazifalar bo‘yicha ma’lumot 
to‘plang.
3. O‘zbekiston tashqi siyosatining tamoyillarini sanab bering.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi”da 
Markaziy Osiyo mintaqasi masalasida nima deyilgan?
18-mavzu.
 O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari
bilan o‘zaro hamkorligi
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi. 
O‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy 
Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, 
Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qara-
tilgan. Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, 
madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ket- 
ganligi bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning 
zaminidir. 
?
8 – O‘zbekiston tarixi, 11-sinf


114
Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ularning tarixi, 
o‘ziga xos turmush tarzlari va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har 
qachongidan boshqacharoq qarashni hayot taqozo eta boshladi. 1993-yilning 
yanvarida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi 
bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil 
etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos 
solindi. Besh davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, 
Turkmaniston rahbarlari Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. 
Buni mintaqa xalqlari zo‘r mamnuniyat bilan qarshi oldilar va qo‘llab-
quvvatladilar.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‘iston Respublika-
sining Qizil O‘rda shahrida, 1994-yil Nukus shahrida, 1995-yil 
Turkmaniston Davlatining Doshhovuz shahrida, 1995-yil yana Nukus 
shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdilar 
va bu borada amaliy ishlar olib bora boshladilar. 1999-yil Turkmaniston-
ning Ashxobod shahrida Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining 
majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda ekologik falokat mintaqasidagi vaziyatni 
barqarorlashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama 
qilindi. Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va 
xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi 
bilan O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr 
boshlandi. Shu yilning o‘zida Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston 
davlatlariga O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashriflari amalga oshirildi. 
2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga 
oshirildi. Bundan tashqari, 2017-yil Samarqandda BMT homiyligida 
“Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va 
taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida anjuman bo‘ldi. Unda 500 nafar 
xorijiy ishtirokchilar qatnashdi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin