109
2. Bugungi kunda O‘zbekistonda qanday yo‘nalishdagi muzeylar faoliyat
olib bormoqda?
3. Yurtimizda musiqa festivallari o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad-
lar nimada?
4. Kino san’atidagi yutuqlar va kamchiliklarni sanang.
5. Mustaqillik yillarida teatrlar faoliyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
VIII BOB.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI
SIYOSATI VA IKKI TOMONLAMA MUNOSABATLARI
17-mavzu.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining
shakllanishi va uning ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekistonning geosiyosiy holati.
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga
xos geografik tuzilishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar
orasida alohida ajralib turadi. Bunday geografik joylashuvning qulay va
noqulay tomonlari
mavjud bo‘lib, ular respublikaning geosiyosiy vaziyati
va
geostrategik manfaatlari, uning ichki va tashqi siyosatini tanlash
hamda belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha:
uzoq o‘tmishdan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy-
ilmiy va diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston
hududidan o‘tgan. Hozirda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch
okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar
Markaziy Osiyodan, uning
markazida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi; Markaziy Osiyoning mar-
kazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geografik holatidan kelib chiqib,
mazkur mintaqada kuchlar nisbati
va muvozanatini saqlash, iqtisodiy
integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni
mustahkamlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni dav-
latlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onis-
ton o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda. O‘zbekiston
o‘zining joylashuviga ko‘ra
Markaziy Osiyoning transport, energetika, kom-
munikatsiya, suv tizimi markazida joylashgan. Tabiiy iqlim sharoiti
qulay, ulkan mineral – xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega,
dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga
qodir. O‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay,
ularni
110
eksport qilish imkoniyatiga ham ega. O‘zbekiston Respublikasining
yerostida amaldagi Mendeleyev davriy tizimining barcha elementlari mavjud.
Mazkur imkoniyatlari bo‘lgan taqdirda ham O‘zbekiston geosiyosiy
joylashuvini noqulayliklardan mustasno deb bo‘lmayd. Shu jihatdan
O‘zbekiston Respublikasiga qiyinchiliklar tug‘diruvchi quyidagi omillar
mavjud: O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy
dengizi havzasi va Tarim
havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning
strategik markazida joylashgan. Shuning uchun bu hududda butun
dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga
mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda. Dunyodagi kuchli
davlatlar mazkur mintaqada o‘z manfaatlarini izlamoqda.
Shu bilan birga,
O‘zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi
kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham
tugatilmagan Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir. O‘zbekiston
bevosita
dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng
uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qora dengiz, Boltiq dengizi,
Yapon dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li
qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning, umuman,
hamma daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va
undan ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning
Markaziy Osiyoning siyosiy xaritasi
Qozog‘iston
O‘zbekiston
Turkmaniston
Eron
Iroq
Xitoy
Pokiston
Qirg‘iziston
Tojikiston
Ozar-
bayjon
111
suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor.
Orol fojiasi ham
mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir.
Dostları ilə paylaş: