102
16-mavzu.
O‘zbekistonda madaniyat va san’at
Ma’naviyat maskanlari. Teatr
. Mustaqillik
yillarida madaniy hayotda
ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu, avvalo, teatr san’ati rivojlanishida yaqqol
sezila boshladi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda
Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi,
1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq
guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi.
O‘zbek davlat akademik drama
(2001-yil) va O‘zbekiston akademik rus
drama teatrlari (1999-yil)
kabi poytaxt
hamda viloyat teatr jamoalariga yangi
binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yil-
ning oktabrida rekonstruksiya qilingan
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston
davlat akademik katta teatrining ochilish
marosimi bo‘lib o‘tdi.
1993-yilning sentabrida “Turkiston”
saroyi ish boshladi. 2009-yilda “O‘zbe-
kiston” xalqaro forumlar saroyi, 2011-yil-
da Simpoziumlar saroyi va Alisher Na-
voiy nomidagi O‘zbekiston
Milliy kutub-
xonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi
majmuasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida
Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat
maskanlari ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning “O‘zbekiston teatr san’atini rivoj-
lantirish to‘g‘risida”gi (1998-yil) farmoniga muvofiq ma’naviy-ma’-
rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy
qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi
maqsadlarda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
2017-yil faoliyati tanqidiy o‘rganilib, “O‘zbekteatr” birlashmasi tugatilib,
uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga o‘tkazildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston
davlat
akademik katta teatri
Simpoziumlar saroyi va O‘zbekiston
Milliy kutubxonasi
103
2001-yil O‘zbek davlat akademik drama
teatriga Prezident farmoni bilan “Milliy
teatr” maqomi berildi. 2014-yilda Prezident
“O‘zbek milliy akademik drama teatrining
100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror
qabul qildi.
Ushbu qarorga muvofiq teatr
ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtdagi respublika teatrlari qatorida
viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy
munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu
borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom teatri va Qashqadaryodagi “Eski
masjid” teatr-studiyasi faollik ko‘rsatdi. 2018-yil O‘zbekiston Mudofaa
vazirligi huzurida ilk bor harbiy teatr-studiya – «Turon» tashkil etildi.
Mazkur teatr nafaqat harbiylar va ularning oilalari, balki barcha uchun xizmat
ko‘rsatadi.
Boshqa sohalarda bo‘lgani singari, 2017-yil teatr san’ati sohasida ham
keng islohotlar boshlandi.
Eng avvalo, 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan
Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy
tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning mod-
diy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yildi. Madaniyat muassasa-
larining faoliyatini tashkil etish, madaniyat va san’atning
jamiyat hayotidagi
o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniyga sa-
doqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashti-
rishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Bugungi
kunda
mamlakatimizdagi mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash uchun 2017-yil-
ning o‘zida davlat budjetidan 81 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Davlat
madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
-
ning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirish-
ni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari
artistlari, ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining
mehnat haqi miqdorlari o‘rtacha 45 foizga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: