O`zb tarix 11 узб indd


Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’ana-



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’ana-
larning tiklanishi. 
Istiqlol sharofati bilan xal-
qimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash va yangilash hamda xalqimiz 
ongiga yetkazish va turmushiga singdirish muhim vazifalardan biri sifatida 
kun tartibiga qo‘yildi.
Yodda tuting
!
O‘zbekistonda rasman 3 ta xotira kuni mavjud: 1) 1999-yildan boshlab 
9 may – «Xotira va qadrlash kuni»; 2) 2001-yildan e’tiboran 31-avgust – 
«Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni»; 3) 2017-yildan boshlab 2-sentabr –
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi 
kuni.
O‘zingizni sinang
!
Ajdodlar xotirasi – bu ... 
Islom Karimov – bu ...
Sharof Rashidov – bu ...
2017-yilgi ma’naviy tiklanish – ...
!
I.Karimov haykali. 
Samarqand
Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish “Navro‘z” 
bayramining xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea 
bo‘ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezident farmoniga ko‘ra, 
21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. 
Qadimiy xalq bayrami – Navro‘zning tiklanishini respublikamizning butun 
aholisi mamnuniyat bilan ma’qullab, ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozirda 
ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda. 


99
«Navro‘z» bayrami shodiyonalari
O‘zbekiston hali sovetlar qaramog‘ida turgan og‘ir kunlarda Islom 
Karimov xalq xohish-irodasiga quloq tutib, unutilmas tarixiy hujjatga imzo 
chekdi. 1990-yil 2-iyun kuni “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj 
qilishi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qildi.
Yodda tuting
!
2016-yil o‘zbek palovi YuNESKOning nomoddiy madaniy meros 
ro‘yxatiga kiritildi.
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma’naviy 
va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari 
ko‘rildi. Jumladan, 1990-yilda musulmonlarning Haj ziyoratiga borishini 
kafolatlaydigan Prezidentning maxsus farmoni qabul qilindi.
1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish 
kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra musulmonlar hayotidagi 
qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon hayit 
kunlarini doimiy ravishda bayram qilish va ularning 
dam olish kunlari deb e’lon qilinishi ham aynan 
xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi. 
Mustaqillik sharofati bilan “Islom nuri” hafta-
nomasi, “Hidoyat” jurnali dunyoga keldi, ko‘plab 
diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. 
Jumladan, Imom Buxoriyning to‘rt jilddan iborat
Imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, 
boshqa allomalarning qator asarlari yuz minglab 
nusxalarda chop etildi. Qur’oni Karim sakkiz 
marta, jami bir million nusxada nashr etildi. 
Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor 1992-yil 
Qur’onning o‘zbekcha 
tarjimasi nusxasi


100
2004-yili esa Toshkent Islom universitetida Qur’oni Karimning shayx 
Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi. 
O‘zbekiston musulmonlari erkinlik va qulay imkoniyatlarga ega 
bo‘lmoqdalar. Ular bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas haj 
va umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar. Agar sovet davrida 
mamlakatimiz fuqarolaridan 3–4 kishigina haj safarini ado etgan bo‘lsa, 
2016-yilga qadar har yili 5000 dan ortiq fuqarolarimiz hoji bo‘lib qaytishadi. 
Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda 
bo‘ladigan jarayon emas, balki u bizdan muntazam ravishda izchillik bilan ish 
olib borishimizni talab etadi. “Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 
1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi, “Burhoniddin al-Marg‘inoniy 
tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari fi krimizning 
yaqqol isbotidir. 2003-yili esa Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 
yilligi keng nishonlandi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin