101
Ma’naviyat targ‘iboti.
Mamlakat ma’naviy
hayotini yanada yaxshilash-
da 1994-yil Prezident qarori bilan tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat”
jamoatchilik Markazi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mamlakatimizda milliy
g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning samaradorligini,
ularning
hayotiyligi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi qarori bilan Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat Kengash tarkibida ikki markaz – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot
markazi va Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Bosh
vazir
Kengash raisi, hokimlar viloyat hududiy kengashlari raisi etib belgilandi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi zamon va sharoit taqozosiga ko‘ra takomil
-
lashtirildi. Bugungi kunda dunyodagi murakkab
va tahlikali vaziyat sohada
amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari
asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shu sababli O‘zbekiston Respub
-
likasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samara
-
dorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risi
-
da”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashining Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya
va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo‘li
bilan ularning negizida
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashiga raislik
qilishi belgilandi.
Dostları ilə paylaş: