96
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda
Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi,
Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil
oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng
nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari bo‘lmish
Imom Ismoil
Buxoriyning 1225 yilligi, Imom Abu Iso Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud
Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin
Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi va boshqa
allomalarning yubileylari keng nishonlandi.
Samarqand.
Amir
Temur haykali
Shahrisabz.
Amir Temur haykali
Toshkent.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Yodda tuting
!
1993-yil
Toshkentda, 1996-yil Samarqand va Shahrisabzda Amir
Temur haykali ochildi. Shu yili Samarqand va Shahrisabz shaharlari «Amir
Temur» ordeni bilan mukofotlandi.
Zulfi ya va Hamid Olimjon
haykali.
Jizzax
Dostları ilə paylaş: