92
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrdanoq yosh avlod ta’lim-
tarbiyasi, salomatligiga katta e’tibor berib kelinmoqda.
Bu dolzarb masala
davlat siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, ta’lim sohasidagi jahon
andozalariga mos islohotlar,
aholi salomatligini saqlashga qaratilgan beqiyos ishlarning zamirida ham ana
shunday mushtarak maqsadlar mujassam. 1991-yil noyabrda “O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun
qabul qilindi. 1997-yil O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining iqtidorli
yoshlarning chet ellarda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Umid”
jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining
qabul qilinishi mam-
lakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fi krlaydigan, zamonaviy
ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol
avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni,
jumladan, qizlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun
yanada keng sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san’at,
fan va ta’lim yo‘nalishlarida o‘z iste’dodini, salohiyat
va qobiliyatlarini
namoyon etishlariga imkoniyat yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1999-yilda qabul qilgan “Zulfi ya nomidagi davlat mukofotini
ta’sis etish bo‘yicha taklifl arni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi
farmoni
jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi
va iqtidorli qizlarning
shakllanishiga zamin yaratdi.
80 nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‘shiqchilik, akademik
ijro, estrada, opera, balet, cholg‘u
ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, raqs
yo‘nalishlarida “Nihol” mukofoti bilan taqdirlangani tom ma’noda
ularga
ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: