91
tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jam-
g‘armasi tuzildi. “Kamolot” jamg‘armasining vazifasi
yoshlarning manfaat
va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va
davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo “Kamolot”
yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy
ma’nodagi
yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi.
2001-yil Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi boshqara-
digan nodavlat notijorat tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot”
yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining
asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga
ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish,
yosh yigit-qizlarning
o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-
sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo‘lishdan
iboratdir. Harakatning Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent
shahar, tuman va shahar bo‘limlari, ta’lim muassasalari,
harbiy qismlar,
huquq-tartibot organlarida boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan
28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari – yoshlarni o‘z safl arida
ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatdi.
2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev ishtirokida “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) qurultoyi
bo‘lib o‘tdi. Bu qurultoyda “Kamolot” YoIH tashkiloti tugatilganligi va
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etilganligi e’lon qilindi.
Yoshlarning
muammolari hamda tashabbuslari O‘zbekiston Prezidentining to‘g‘ridan-
to‘g‘ri e’tiborida bo‘lishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi” raisi bir paytning o‘zida Prezidentning Davlat maslahatchisi
lavozimida bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: