O`zb tarix 11 узб indd


Uch bosqichli sport o‘yinlari



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Uch bosqichli sport o‘yinlari
. Mus- 
taqillik yillarida mamlakatda jismoniy 
tarbiya va sportni ommaviylashtirishda 
alohida davr bo‘ldi. Bu borada Bolalar 
sportini rivojlantirish respublika 
jamg‘armasining 
tashkil 
qilinishi, 
2000-yildan boshlab oliy o‘quv 
yurtlari talabalari o‘rtasida “Universiada”, o‘rta maxsus kasb-hunar 
kollejlari talabalari o‘rtasida “Barkamol avlod”, umumta’lim maktablari 
o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining 


87
uyushtirilishi muhim ahamiyatga ega voqealardir. Uch bosqichli sport 
turnirlari tashkil etilishidan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom 
turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xalqaro musobaqalar uchun 
mamlakat terma jamoasiga nomzodlarni tayyorlashdan iborat bo‘ldi.
So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan xotin-qizlar sportini rivoj-
lantirishga jiddiy e’tibor qaratilib, ayniqsa, sportning badiiy gimnastika 
va sinxron suzish turlari rivojlantirilmoqda. Buni jismoniy tarbiya va 
sport bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlar sonining muntazam ortib borishi 
ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida sport maktablari va turli 
jamoalarda mahalliy millat qizlarining qiziqib, faollik bilan shug‘ullanishlari 
ko‘payib bordi. 
Mustaqillik yillarida nafaqat sportning xalq o‘rtasidagi ommaviyligini 
ta’minlash, balki ayrim sport turlarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. 
Jumladan, o‘zbekcha kurash, tennis, shaxmat, boks bo‘yicha O‘zbekiston 
sporti jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Tennis bo‘yicha Iroda 
To‘laganovaning, boks bo‘yicha Ruslan Chagayev, Artur Grigoryan va 
Muhammadqodir Abdullayevlarning dunyo sport arenalaridagi yutuqlari 
O‘zbekiston sportchilarining dastlabki natijalari edi.
Kurash
. Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tikla-
nishiga va ularning sport turi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga 
imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida
milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi. 1992-yilda Oʻzbe-
kistonda kurash federatsiyasi, 2001-yilda belbogʻli kurash federatsiyasi
tuzildi. Prezidentning maxsus farmoni bilan 1998-yili sentabr oyida Tosh- 
kentda Osiyo, Afrika va Yevropa qit’asidan kelgan 28 davlat vakillari
ishtirokida Xalqaro kurash Assotsiatsiyasi tuzildi.
2000-yilda esa Turkiyaning Anqara
shahrida kurash bo‘yicha 2-jahon chem- 
pionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbek kurashi 
jahonga yuz tutishi bilan yanada bay- 
nalmilal xususiyat kasb etdi. 2016-yil- 
ga kelib, Xalqaro kurash Assotsiat-
siyasining jahonning barcha 
qit’alarida 
120 dan ortiq kurash federatsiyalari 
tashkil etildi. Milliy sport turimizning 
Kurash bo‘yicha xalqaro turnir


88
xalqaro maydonda keng tan olinishi ham mamlakatimiz xalqaro aloqalarini 
yanada kengayishiga, uning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin