82
va oliy ta’lim muassasalari fani integratsiyalashuviga, ilmiy sohadagi xalqaro
hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar,
texnologiyalar
va loyihalar yarmarkasi o‘tkazib kelinmoqda. 2008–2015-yillar davomida
o‘tkazilgan I–VIII yarmarkalar doirasida jami 4000 dan ortiq ishlanmalar
taqdim etildi. 2008-yildan buyon umumiy qiymati 113 mlrd. so‘mdan
ortiq bo‘lgan 3000 dan ziyod shartnomalar tuzildi.
O‘zbekiston olimlari demokratik va huquqiy jamiyatning ma’naviy-
ma’rifiy va madaniy rivojlanishini tadqiq qilish, innovatsion iqtiso-
diyotni shakllantirish, energiya va xomashyoni tejash,
axborotlashtirish
va axborot-kommunikatsiya, kimyo, bio- va nanotexnologiyalarni
rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish, tibbiyot, farmakologiya,
geologiya, geofizika, seysmologiya
bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishib kelmoqda.
Arxeologiya fani sohasida ham ma’lum siljishlar bo‘ldi. Jumladan,
2002-yildan “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” yillik to‘plami,
2010-yildan esa “O‘zbekiston Arxeologiyasi” ilmiy jurnali chop
etila boshlandi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida
bir qator qadimiy
shaharlarning yoshlari aniqlanib, ularning yubileylari nishonlandi.
Bugungi kunda fanning boshqa yo‘nalishlaridagi olimlar ham yirik
natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari
kimyosi instituti tomonidan tayyorlangan 10 jildlik “Tabiiy birikmalar
(O‘simlik zaxiralari: tuzilishi va xossalari)” nomli noyob ma’lumotnoma
ingliz tilida Londonda chop etildi. Bu ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik
rivojlanayotganidan ham dalolat beradi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida birgina
Fanlar akademiyasining
ilmiy mahsulot eksporti 8,2 martaga ko‘paydi.
Dostları ilə paylaş: