80
1-iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali
tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya
qilish va tegishli fan
tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda
tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va
tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini
berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.
?
Atamalar izohi
!
Bakalavr
– (
lot.
Baccalaureus) Oliy ta’lim
dasturining birinchi
bosqichini tugallagan talabalarning ilmiy darajasi.
Magistr
– (
lot.
– boshliq, ustoz) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan
doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻ-
shimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan
va muayyan il-
miy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.
Savol va topshiriqlar
:
1. Mustaqillik yillarida qanday yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi?
2. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining soni qancha?
Ularning
yildan-yilga ortib borish omillari nimada?
3. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimining mustaqillik yillaridagi o‘zga-
rishlari qanday bo‘ldi?
4. 2017-yil oliy ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi necha bosqichli. Uni sharhlang?