89
Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oyibnazarov (oltin), Shahram G‘iyosov,
Bektemir Meliqo‘ziyev (kumush), Rustam To‘laganov, Murodjon Ahma-
daliyev (bronza). Ushbu natija Olimpiadadagi
boks musobaqalaridagi eng
yuqori natija bo‘ldi. Sportning ushbu turida medal jamg‘arish bo‘yicha
ular Kuba, Qozog‘iston va Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda
qoldirib, mazkur sport turida birinchilikka erishdilar. Og‘ir atletikachimiz
Ruslan Nuriddinov Olimpiada rekordini qayd etgan holda oltin medal
sohibiga aylandi.
Futbol
. Mustaqillik yillarida sportning eng ommaviy turi – futbolga e’ti-
bor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda
ommaviy va professional
futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy
bazasini mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va
tarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida
1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1996-yilda “O‘zbekistonda
futbolni rivoj-
lantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2006-yilda “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
qarorlari muhim aha-
miyatga ega bo‘ldi.
Dunyoga O‘zbekiston sportchilarining
salohiyati va qudratini namoyon eta-
yotgan o‘zbek hakami Ravshan Ermatov
O‘zbekiston
futbol federatsiyasining
xalqaro toifadagi hakami darajasini va
2003-yildan FIFA hakami maqomini
olgan. U 2008, 2009, 2010, 2011 va
2014-yillarda besh marotaba Osiyoning
eng yaxshi hakami deb e’tirof etildi.
Dostları ilə paylaş: