O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Inson xotirasi boqiy. 
Mamlakatimiz Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan elu yurt-
ga mehnati singgan insonlarning hurmatini 
joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 
2017–2018-yillarda bu borada ulkan ishlar amalga 
oshirildi. Toshkent, Samarqand va Qarshida 
Islom Karimov, Namangan viloyatida Is’hoqxon 
Ibrat, Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, 
Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada 
Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov
Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini abadiy-


97
lashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. 
Ularning nomi bilan ataladigan markazlar, ijodiy 
maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid 
Olimjon va Zulfi ya xotirasiga bag‘ishlab barpo 
etilgan yodgorlik majmuasi ochildi. 
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fi dokorona xizmat 
qilgan, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivo-
jiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, 
taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 
100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. 
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi 
“Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov 
tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi 
qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov 
tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib 
o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
ishtirok etib, nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-
yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Kari-
movning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi 
qaroriga ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbe-
kiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov
tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom 
Karimov birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqa-
daryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi. 
Sh.Rashidov haykali. 
Jizzax
7 – O‘zbekiston tarixi, 11-sinf
Yodda tuting
!
Respublika rahbarligiga Islom Karimov kelgach, Sharof Rashidov 
shaxsiga nisbatan barcha tuhmat va ta’qiblar to‘xtadi. Uning pok nomi 
oqlandi. 1992-yil Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligi keng nishon-
landi. 2016-yil Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Jizzax 
tumaniga Sharof Rashidov nomi berildi.
I.Karimov maqbarasi


98
Bundan tashqari, Samarqand shahrida Islom Ka-
rimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi
barpo etildi. Islom Karimov ko‘p yillar davo-
mida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi
Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi
ilmiy-ma’rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi.
Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik obyekt-
larga Islom Karimov nomi berildi. Prezident 
farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Kari-
mov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 
24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya 
o‘tkazildi. 

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin